 London hukumati Lovebox Festival musiqa festivali o`tkazilayotgan joy yaqinidagi ko`chada qo`lbola limonad sotgan 5 yoshli qizga 300 dollar jarima yozdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Qizaloq lisenziyasiz savdo qilgani uchun jazolandi. Qizchaning otasi mazkur qarordan norozi bo`ldi, deb xabar berdi Britaniyaning VVS teleradiokompaniyasi.
“Men polisiyachilar stolni olib, ko`chaning nariga tomoniga o`tishni talab qiladi, deb o`ylagandim. Qizim odamlarni xursand qilish uchun uyning oldiga limonadli stol qo`yib o`tirgandi”, dedi qizchaning otasi Andre Spayser.
Uning so`zlariga qaraganda, qizi qo`rqqanidan yig`lab yuborgan. Qizchaning yig`laganini ko`rgan polisiyachilar undan kechirim so`rab, kelajakda noqonuniy ravishdagi tadbirkorlik bilan shug`ullanmaslikni tayinlashdi.
Manba: Darakchi.uz
|