Вверх
Суббота, 20-Апреля-2024, 00:44
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 17 » Erkakning yotoqxonadagi muammolari: sabab va choralar
Рекомендуемы
19:24
Erkakning yotoqxonadagi muammolari: sabab va choralar

Oxirgi yillarda tibbiyotda erkaklar uchun haqoratli sanalgan impotensiya o`rniga erektil disfunksiya termini qo`llanilaboshlandi. Nomi-ku o`zgarar, ammo erkak uchun buxastalikning zalvori aslo kamaygani yo`q. Har qancha kuchli va salomatligi bo`yicha muammolarni (ayniqsa, bunday nozik masalada) pisand qilmaydigan ko`rinsa-da, erkak hamisha sevimli umr yo`ldoshining ko`magiga ehtiyoj sezadi. Siz ana shu istakka befarq bo`lmang.

Tibbiy til bilan aytganda…

Erektil disfunksiya — jinsiy aloqaga kirishish uchun erkakning ereksiya (qo`zg`alish) hosil qilolmaslik yoki saqlay olmasligi. Jinsiy mayl susayishi, urug`ning tez to`kilishi, jinsiy qoniqish bilan bog`liq muammolar erektil disfunksiya xastaligiga aloqador emas. Ereksiyaning buzilishi asosan 2 katta guruhga bo`linadi: psixogen va organik. Ba`zan ular aralash holda bo`lishi ham mumkin.Birinchi holda ereksiyaning risoladagidek yuz bermasligiga erkak ruhiyatidagi zo`riqish, stress, depressiya, qo`rquv sabab bo`lsa,ikkinchi holda disfunksiya turli urologik, neyrogen, endokrin va tomir kasalliklari ta`sirida rivojlanadi.

Ekspress-test

Oilaviy hayot kechiruvchi erkak 3 oy davomida har ikki yaqinlikning birida omadsizlikka uchrayversa, albatta, uni chuqur tibbiy ko`rikdan o`tkazishga to`g`ri keladi. Bu avvalo unda testosteron (erkaklik gormoni) miqdorining pasayib ketganidan dalolat beradi. Ayniqsa, bu erkaklarda qirchillama yoshga kirgandan so`ng kuchayishi kuzatilgan.

Sabablar va tadbirlar

To`shakda qaytalanayotgan muvaffaqiyatsizlikka quyidagilar ham sabab bo`ladi:

1. Erkaklarning haddan ortiq semirib ketishi natijasida teri ostidagi yog` kletchatkasi ereksiya hosil qilishni to`sib qo`yadi.

Maslahat: eng birinchi ishingiz turmush o`rtog`ingizga parhez tuttirish bo`lsin. Yaxshisi, bu oqsilli parhez bo`lsin. Go`sht va baliq mahsulotlarini sabzavotlar bilan pishiring, tvorog eyishini nazorat qiling. So`ng turmush o`rtog`ingizni qondagi qand va xolesterinni aniqlash uchun tahlil topshirishga, yurak va tomirlarini EKG qildirishga yuboring.

2. Keng tarqalgan prostatit. Ayniqsa sovuq qish kunlari gripp, tumovni oyoqda o`tkazish asorati prostata bezining yallig`lanishi bilan tugashi mumkin. Chunki bu bez peshob chiqarish kanalining yuqorisi, qovuq pastida joylashgan. Prostatit bezovta qilayotganini chov, oraliq va qorin pastida yuzaga kelgan qattiq og`riq bildirishi mumkin. Bu holda erkak uchun yurish ham qiyinchilik tug`diradi. Uni darrov yotqizib, uyga shifokor chaqiring. Kasallik o`z vaqtida aniqlansa, undan antibiotik va fizioterapiya, qo`l va apparat orqali qilinadigan massaj yordamida qutulish mumkin. Bu usullar prostatitning follikulyar bosqichida ham asqotadi. Prostata bezi follikulalardan (yacheykalardan) iborat bo`lib, ulardagi yiring o`choqlari barcha yo`llarni yopib qo`yadi. Prostatitning eng og`ir uchinchi shaklida bez to`la-to`kis patologik jarayonga tortiladi. U infeksiya markaziga aylanib, barcha funksiyalarini yo`qotadi. Tibbiyotda uni faqat xirurgik yo`l bilan davolashadi. Muolajalar kechiktirilsa, zararlangan prostata bezi qovuq bo`yni sklerozi, qiyinlik bilan peshob haydash, erektil disfunksiya va bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Maslahat: avvalo eringiz bilan ushbu qaltis mavzuda o`ta ehtiyotkorlik, yumshoqlik va bir paytning o`zida qat`iylik bilan gaplashing. Shamollasa, har qancha harakat qilmasin, ishga yubormaslikning tadbirini qiling. Agar yuqorida sanalgan muammolar kuzatilayotgan bo`lsa, urolog-androlog shifokorga uchrash zarurligini yotig`i bilan tushuntiring.

  • Sigareta, alkogol ichimliklar, pivo, o`tkir ziravor va taomlardan iste`molini cheklashga eringizni ko`ndiring. Buning ilojini topolmasangiz, hech bo`lmasa, davolanish paytida ularga yo`l qo`ymang.
  • Jinsiy aloqaning normal kechishi uchun etarlicha sharoit va vaqt sarflanishini hisobga oling. Shunga yarasha hozirlik ko`ring.
  • Prostatitning jazosi — piyoda yurish. Umr yo`ldoshingizni ko`proq sayr qilishga undang. Iloji bo`lsa, fitnes-klub va basseynga yozdirib qo`ying. Bu, birinchidan, vazn ortmasligiga yordam bersa, ikkinchidan, sport mashg`ulotlari erkakning jinsiy hayotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Yodingizda bo`lsin: velosiped haydash, velotrenajyor, figurali uchish, karate va ot sporti kuchli jins vakillarining jinsiy a`zolari tizimiga salbiy ta`sir qiladi, erektil disfunksiya paydo bo`lishiga olib keladi.

 

O`tkir turi

Surunkali prostatit

Yuqori harorat

Barvaqt urug` to`kish, ereksiya susayishi

Titrash

Ertalab birinchi tashqariga chiqilganda uretraning tashqi yo`li yopilib qolgandek peshob har tomonga sachraydi

Tez-tez og`riqli peshobga chiqish

Peshob haydashda etarli bosim his qilmaslik

Oraliq, chov va qov tepasida og`riq

Oraliq va qov ustida doimiy bo`lmagan og`riq

Uretradan loyqa yoki yiringli ajralmalar kelishi

Qovuqni bo`shatishda burab og`rish va achishish, ajralmalar

 
3. Ayollarga nisbatan erkaklar buyragida tosh ko`proq paydo bo`ladi. Chunki moddalar almashinuvi bizning organizmimizdan biroz farq qiladi-da! Hatto chap buyrakdan ko`ra erkaklarda tosh ko`proq o`ng buyrakda hosil bo`ladi. Eng yomoni, qattiq jismning har ikki buyrakda ham joylashib olishidir. Buyrakdagi tosh ham jinsiy aloqaga halal beradi. Tosh borligi oldin keskin harakatlardan so`ng bel sohasida simillagan og`riq turishi, noqulaylik tuyilishi bilan xarakterlanadi. Darrov peshob tahlilidan o`ting va buyrakni UTTdan o`tkazing. Ko`pchilik bunday holatlarga e`tibor qilmay, keyinroq, aniqrog`i, buyrakda qattiq sanchiq turganida tosh borligiga amin bo`lishadi.

Maslahat: buyrak sanchig`i tutsa, darrov «Tez yordam» chaqirib, u kelgunicha og`riq qoldiruvchi dori bering. Eringizning beliga iliq grelka (qizdirilgan tuzli qopcha) qo`ying yoki 39°S darajali vanna tayyorlang. Yodingizda bo`lsin, issiq muolajalar peshobga qon aralashmagan taqdirdagina o`tkaziladi.

4. Jinsiy quvvatning pasayishi kamroq uchrasa-da, endokrin buzilishlar natijasida ham ro`y beradi. Bunda jinsiy bezlar yaxshi ishlamay, testosteron kam ishlab chiqariladi. Erkakda ovoz tembri kuchayib, yuz va badanda tuk o`sishi to`xtaydi, tananing turli qismlarida yog` to`planadi.

Maslahat: tezda endokrinolog huzuriga otlaning.

Dilnoza UMAROVA


Категория: Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati | Просмотров: 2011 | Добавил: admin | Теги: tibbiyot yangiliklari, erkaklar, salomatlik, salomatlik sirlari, yotoqxonadagi muammolar, erkaklardagi muammolar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 20-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz