Immunitet organizmning kasal yuqtirmasligi va kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatidir. Immunitetni ko‘tarish esa salomatlikni mustahkamlashning bir usuli hisoblanadi. Immun tizimining zaiflashishi nafaqat ma’lum bir vitamin yoki minerallar yetishmasligi, balki hayot tarzingiz va kun tartibingizning noto‘g‘ri tashkil etilishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
|
So‘nggi yillarda ayollarimiz orasida yangi urf shakllanib kelmoqda. Avvalgi kelinlarning gap mavzulari qaynona, qaynopayu, ovsinlar bo‘lsa, zamonaviy kelinlar bo‘sh narsaga vaqt sarf qilishdan ko‘ra, ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini yaxshilashni afzal ko‘rishadi. Albatta sport asrlardan beri kelinlarning asosiy mavzularini to‘laligicha o‘rnini bosgani yo‘g‘u, ammo sekin astalik bilan ayollarimizning turmush tarzining ajralmas qismiga aylanishi ajabmas…
|
Bir necha kilogrammdan xalos bo`lish, organizmni tozalash va qushday engillikni his qilmoqchi bo`lsangiz, oshqozonga orom beruvchi quyidagi 5 usuldan birini tanlab, albatta, bajarib ko`ring.
|
Yil sayin yosh bolalar orasida oziq-ovqatga allergiya ko`payib bormoqda. Kasallikning rivojiga to`sqinlik qilish chorasi bormi?
Ma`lumki, bu dard erta bahorda avj oladi. Oziq-ovqatdan allergiya biron mahsulotni qabul qila olmaslik, unga nisbatan organizmning javob reaksiyasi tarzida kechadi. Bu murakkab immunologik jarayondir. Qisqa qilib aytganda, tanamizni yomon ta`sirlardan himoyalashi kerak bo`lgan moddalar tabiatning allaqanday xatosi tufayli o`zimizga qarshi harakat qila boshlaydi.
|
– O`g`limda prostata bezining yallig`lanishi – prostatit aniqlangan edi. Shifokor buyurganidek davolandiyu, ammo haligacha farzandli bo`lolmayapti. Prostat asorati bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin deb eshitgandim, nahot shu rost bo`lsa?..
|
To`q pushti rangdagi rediska tarkibida oqsil, uglevod, vitamin va mineral tuzlar bo`lib, ko`klam payti toliqqan organizmga tetiklik ulashadi. Rediskani qatiqqa yoki to`g`ralgan karam va sabziga qo`shib salat ko`rinishida iste`mol qilishi mumkin. Shu bilan birga po`stini archib, butunligicha ham yesa bo`ladi.
|
Qadim-qadimdan momolarimiz bahoriy ko`katlardan pishiriqlar, turli taom va boshqa egluliklar tayyorlashgan. Bu bejizga emas, albatta. Ismaloq, jag`-jag`, yalpiz kabi ko`katlarning inson organizmiga keltiradigan foydasi behisob.
Avvalambor, bu kabi ko`katlar qish bo`yi sarxil ne`matlarga tashna bo`lgan tanaga kuch-quvvat bag`ishlaydi. Quyida bahor ko`katlarining foydali xususiyatlarini sanab o`tamiz.
|
— Yaqinda 11 yoshli o`g`limga tepki chiqdi. Davolandik, tuzalib ketdi. Qo`shnilarim “Endi o`g`lingiz bepusht bo`lib qoladi” deb aytishyapti. Aytingchi, shu gap rostmi?
Yulduz AKMALOVA, Andijon viloyati.
Savoliga tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor-infeksionist Shavkat AZIMOV javob beradi.
|
– Farzandim tez-tez shamollab turadi. Dugonalarimdan biri immunitetni ko`tarish uchun mo`ljallangan shamchalardan foydalanishni tavsiya qilayapti. Bu qanchalik samara berishi mumkin?
|
«Yog‘larni yeng va ozing» (Eat Fat, Get Thin) kitobining muallifi doktor Mark Xayman ozish uchun albatta yog‘li oziq-ovqat iste’mol qilish kerakligiga ishonchi komil. Uning fikricha, to‘g‘ri ovqatlanishning 5 ta asosiy qoidalari mavjud bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi aynan tarkibida yetarli miqdorda yog‘lar bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishga asoslangan.
|
|