Вверх
Суббота, 20-Апреля-2024, 20:58
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 19 » Baxt kaliti qaerda? Yoxud baxti ochilmayotgan qizlar tasnifi
Рекомендуемы
15:14
Baxt kaliti qaerda? Yoxud baxti ochilmayotgan qizlar tasnifi

Go`zal, oqila, ishda, ilmda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, fe`li ham ajoyib, ammo… yolg`iz! Sizning tanishlaringiz orasida ham shunday qizlar bordir? Xo`sh, u nega shu paytgacha yolg`iz, nega baxti hech ochilmaydi? Siz kelin qilish umidida qiz qidirganlarga uning manzilini berasiz, yaxshi yigitlar bilan tanishtirib qo`yasiz, biroq bari befoyda. U negadir nomzodlarni o`zidan nari itarayotgandek yoki nimasi bilandir cho`chitayotgandek. Xo`sh, muammo nimada? Ruhshunoslar fikricha, bunday qizlar bir necha toifaga bo`linar ekan.

1-toifa: QIROLIChA

Shohsanam bir qarashda kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Chiroyli, ochiqko`ngil, kirishimli, quvnoq va bama`ni qiz. Bundan tashqari, havas qilsa arzigulik kelin bo`lishi mumkin: mashinasi, kvartirasi bor, oliy ma`lumotli, yaxshi ishda ishlaydi, ziyoli oilada tarbiya topgan. Shunga qaramay, yoshi 28 ga chiqsa hamki hamon oila qurmagan. Hatto shu paytgacha birovdan sevgi izhori ham eshitmagan ekan. Umuman olganda, Shohsanamning o`zi uncha-muncha yigitni nazariga ilmasligi hech kimga sir emas. U bo`lajak turmush o`rtog`iga qo`yadigan shartlarni eshitib, nega yigitlar bu qizdan bir chaqirim narida yurishlarini tushunsa bo`ladi. Ya`ni bo`lajak kuyov ichmasin, chekmasin, yaxshi pul topsin, uni qattiq sevsin va Shohsanamdan har tomonlama «bir kalla baland bo`lsin» emish. Bordiyu talabgor yigit bu talablardan birontasiga ozgina bo`lsa-da javob bermaslikka jur`at etsa, mag`rur qirolichamiz qoshlarini chimirib, sho`rlikni «brak»ka chiqaradilar. Qiziq, unga bunday «shahzoda»ni qaerdan topamiz? Ular faqat kinolarda bo`ladi axir!

Aslida bunday qizlarga erning keragi yo`q, deyishga shoshilmang. Biz bilamiz, Shohsanam ham hamma qizlar qatori oila qurishni, farzandli bo`lishni orzu qiladi. Ammo bu orzusi tomon bir qadam ham tashlagisi, o`ziga xayolan yaratib olgan idealidan oz bo`lsa-da voz kechgisi yo`q.

Siz shunday toifaga kirasiz, agar mana bunday bo`lsangiz:

  • hammani bo`lar-bo`lmasga tanqid qilaverasiz;
  • murosa qilishni bilmaysiz;
  • mulohazalaringiz qat`iy va keskin;
  • o`zingizni doimo haq deb bilasiz;
  • ko`pincha siz bilan yaxshi muloqot boshlagan insonlarning vaqt o`tgani sayin sizdan o`zlarini olib qochishlarini sezasiz;
  • hazilni ko`tara olmaysiz.

Nima qilmoq kerak?

Birinchi navbatda g`ururni bir chetga surib qo`yib, dugonalaringiz, yaqinlaringizdan sizni yaxshilab tanqid qilishlarini so`rang. So`ng ularga diqqat bilan quloq soling, gaplarini bo`lmang va bahslashmang. Tanqidlarni inobatga olishga harakat qiling. Yigit bilan uchrashganda uning kamchiliklariga emas, fazilatlariga e`tibor qarating. Ko`proq tinglashni va bo`lar-bo`lmasga bahslashavermaslikni o`rganing. Atrofingizdagilar haqida yomon gapirmang. Qisqasi, tojingizni echib turing, qirolicham!

2-toifa: NAZORATChI

«Azizim, bugun konsertga boramiz-a, unutmadingizmi? Soat nechadaligini esdan chiqarmagandirsiz? Konsert zali qaerda joylashganini bilasizmi? Iltimos, kech qolmang, uydan vaqtliroq chiqing. Qani, hammasini bir boshdan takrorlang-chi: qachon, qaerda, soat nechada uchrashamiz? Baqirmang, men nima qildim sizga?!» Sevara besh yashar bola yoki shaharga yangi kelgan muhojir bilan konsertga tushmoqchi, deb o`yladingizmi? Yo`q, aslo. Uning sobiq (!) qallig`i kap-katta yigit, shaharning yarmini mashina moylari bilan ta`minlaydigan firma boshlig`i edi. Ammo, afsuski, to`y bo`lmadi. Chunki uni yosh bola deb hisoblayotgan, ishonmayotgan, suyanmayotgan, aksincha o`zini nazoratchi onadek tutayotgan qizga uylanishni kim ham istardi?! Sevaraning hamma narsani nazorat qilaverish odati yoshligidan unga pand berib keladi, ammo qiz tushmagur buni tan olishni istamaydi. Tarki odat — amri mahol, deganlari shu bo`lsa kerak. Fotiha buzilgach, qiz sho`rlik «bevafo», «yaxshilikni bilmaydigan» yigitni qarg`ab, rosa ko`z yosh to`kdi. Ammo endi bari befoyda edi.

Siz shunday toifaga kirasiz, agar mana bunday bo`lsangiz:

  • hamma narsani nazorat qilaverasiz;
  • «buni mendan boshqa hech kim qila olmaydi», deb o`ylaysiz;
  • uchrashuv vaqti va joyini kunda bir necha bor aniqlashtirishdan charchamaysiz;
  • uchrashuvga yigitning kech qolishini kechirib bo`lmas gunoh hisoblaysiz;
  • erkaklarni yosh bola deb o`ylaysiz.

Nima qilmoq kerak?

«Bor-ey!» deb hammasini o`z holiga tashlab qo`ying. Yigitingiz konsertga chipta topa olmasligiga 100 foiz ishonsangiz ham, unga imkon bering. Balki sizni lol qoldirib, oldingi qatorga chipta olib kelar! Xo`p, siz nazorat qilmasangiz, hech bir ish hal bo`lmaydi. Xo`sh, nima qilibdi? Shuning uchun sevimli insoningiz bilan munosabatlaringizni qurbon qilish aqldanmi? Bir martagina bo`lsa-da mas`uliyatni yigitning zimmasiga yuklang. Kim biladi, bu keyin o`zingizga ham yoqib qolar.

3-toifa: «ERSIZ QOLMASAM BO`LDI!»

Dilnoza qizaloqligidanoq kelin bo`lishni orzu qilardi. Boshqa qizlarga o`xshab «shifokorlik kasbini tanlayman» yoki «katta o`qishda o`qiyman» demasdi, faqat «kelin bo`laman» derdi. Chiroyli liboslarda erini kutib olishini, unga shirin taomlar pishirib, bir etak bola tug`ib berishini o`ylab katta bo`ldi. Aksiga olib, baxt kutganingda kelmaydi. Dugonalari o`qishni bitirib, turmushga chiqib ketishdi. U esa yoshi 25 ga chiqdi hamki, orzu qilgani — oq ko`ylak va Limuzin unga yaqin kelay demayapti. Kaddi-basti kelishgan, yuzlari oyday, bir xonadonni guldek yashnatadigan qiz hamon boshqalarning to`yida kelinlarga havas va hatto hasad bilan qarashdan nariga o`ta olmayapti. Shu paytgacha chiqqan uchrashuvlariyu ko`rgan yigitlarining sanab, adog`iga etib bo`lmaydi. Yigitlarga ortiqcha talab ham qo`ymaydi. Shunchaki, uyim-joyim deydigan bo`lsa, kifoya. Ammo yigitlar negadir uni tanlashmayapti. Aynib ketgan sovchilardan birining orqavarotdan aytishicha, Dilnoza ikkinchi uchrashuvdayoq o`zini yigitning xotinidek tuta boshlabdi. Uchrashuvning ertasiga yigitga qo`ng`iroq qilib, dorilarini ichgan-ichmaganini so`rabdi, istasa, yigit bilan birga bozorga tushib, unga kiyim tanlashda yordamlashishi mumkinligini ham aytibdi. Hozirdanoq qizning o`zini bekadek tutayotganidan cho`chigan yigit orqasiga qaramay qochvoribdi.

Siz shunday toifaga kirasiz, agar mana bunday bo`lsangiz:

  • har bir yigitga bo`lajak turmush o`rtog`ingiz sifatida qaraysiz;
  • yigit nimadan gap ochmasin, mavzuni to`y va ro`zg`or tashvishlariga burasiz;
  • o`zingizning ajoyib beka bo`lishingizni bo`lar-bo`lmasga ko`z-ko`z etaverasiz;
  • uning pullarini tejamoqchi bo`lasiz.

Nima qilmoq kerak?

Avvalo, kelajakka doir aniq rejalar tuzib, har bir yigitga bo`lajak erdek qarashni bas qiling. Qiziqishlaringiz doirasini kengaytiring, biror foydali mashg`ulot bilan shug`ullaning, kasb o`rganing, xullas, «nima bo`lsa ham erga tegish» fikridan biroz chalg`ing. Tanishgan yigitingizning shaxsiy hayotiga darhol aralashib, unda tartib o`rnatishga kirishib ketmang. Siz hozircha uning hayotida shunchaki bir mehmonsiz. Yigit sizni shunchaki ko`rmoqchi, sinamoqchi, aslida qanday ekanligingizni bilmoqchi. Hech qachon to`y, ro`zg`or, birgalikdagi hayot mavzulariga sha`ma ham qilmang. Aksincha, o`zingizni erkin tuting, xuddi oila qurish sizga emas, unga kerakdek.

4-toifa: OG`ZI KUYGAN QATIQNI HAM PUFLAB IChAR

Karima yigitlarga ishonmay qo`ygandi. Chunki talabalik davrida tanishib, sevishgan yigiti Ravshan to`rt yil uning qo`ynini puch yong`oqqa to`ldirib yurib, oxiri boshqaga uylanib ketdi. Keyin qizni sovchilar orqali bir yigitga unashtirishgandi, bo`lajak kuyovning giyohvandligi ma`lum bo`lib, to`y buzildi. Shundan so`ng Karima o`z qobig`iga o`ralib olib, hech bir yigitni yaqiniga yo`latmaydigan bo`lib qoldi. Oradan ma`lum fursat o`tgach, yaralar o`rni bitib, qiz yana oila qurish, farzandli bo`lish haqida o`ylay boshladi. Ammo endi har bir yigit uning ko`ziga aldoqchi, giyohvand, ichkilikboz bo`lib ko`rinardi.

Siz shunday toifaga kirasiz, agar mana bunday bo`lsangiz:

  • oilangizda muammolar ko`p;
  • yaxshi yigitlar ham borligiga ishonmaysiz;
  • ertami-kech sizni baribir aldab ketishlariga aminsiz;
  • imkon bo`lishi bilan yigitingizning cho`ntagi, telefoni va hatto elektron pochtasini ham tekshirmoqchi bo`lasiz.

Nima qilmoq kerak?

Avvalo, yaxshi narsalardan ibrat olishga intiling. Tanish-bilishlaringiz orasida baxtli oila qurganlar yo`qmi? Bo`lsa kerak, faqat yaxshilab qarang. Ularga baxt kulib boqibdimi, demak, sizga ham kulishi tayin. O`zingizning bu qadar badgumonligingiz sababini anglashga harakat qiling. Insonlarga, xususan, yigitlarga ozgina bo`lsa-da, ishonishni o`rganing. Unutmang, insonga ishonmasangiz, u ko`nglingizning taqa-taq yopiq eshigini chertaverib, oxiri charchashi va bir kuni sizning eng yomon shubhalaringizni tasdiqlay boshlashi mumkin.

Shahnoza SOATOVA


Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR | Просмотров: 2244 | Добавил: admin | Теги: baxti ochilmagan qizlar, baxtli bo'lish sirlari, qiziqarli malumotlar, qizlarga maslahatlar, baxt kaliti, foydali maslahatlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 20-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz