Ruhshunos ko`rigiga kelgan bolakayga vrach savol beryapti:
— Mushukchani quloqlari nechta bo`ladi?
— Ikkita.
— Oyoqlari-chi?
— To`rtta.
— Dumi nechta bo`lishini ayta olasan-mi?
— Oyi, bu tentak amaki umrida mushuk ko`rmaganmi...?!
Yaqindagina vrachlik diplomini olgan yosh olim adasini yoniga xursand kelib:
— Ada, siz necha yildan beri da’vo topa olmagan kasallikka da’vo topdim. Bemorlarnida’voladim, - desa, otasi ensasi qotib:
— Tentak, shu kasallik ortidan necha yildan beri sizlarni boqib kelayotgandim-ku...! - dermish.
Shifokor qabulida bemor:
— Doktor, ba’zan shunaqa holatlar bo`ladiki,men odamlar bilan suhbatlashayotganimda, juda ko`p gapiraman. Keyin o`ylanib qolaman.Gaplarimni hayolimda gapiryapmanmi? Ovoz chiqarib aytyapmanmi? Bilmay qolaman. Siz bunga nima deysiz? - desa, doktor bemorgabiroz tikilib:
— Gapirasizmi yoki shunaqa jim o`tiraverasizmi? - dermish.
Vrach - kasal bo`lsangiz xursand bo`ladi.
Militsiya - jinoyatchi bo`lsangiz,
Mashinangiz buzilsa, usta quvonadi.
Faqatgina o`g`ri sizga hamisha mo`may daromad va xotirjam uxlashingizni tilaydi.
Jarrohlik xonasida. Bemor tilga kirdi:
-Doktor, operasiya qanday o`tdi?
-Hali aniqmas. Uxlamayotgan bo`lsangiz manabu qaychini ushlab turing...
2 alkash suhbati:
— Do`stim, bilasanmi? Men Parijda tug`ilganman. Senchi?
— Bolnisada tug`ilganman.
— Nima kasalmiding?
Jinnixonaga jinnilarni tekshirish uchun komissiya kelibdi. Bir palataga kirsa bir jinni:
— Men Messiman dermish. Keyingi xonadagi jinni xam:
— Men Messiman debdi. Birinchi kavatdagi xamma jinnilar:
— Men Messiman deyishibdi.Tekshiruvchi xayron bulib ikkinchi kavatga chikib bosh shifokor xonasiga kirib:
— Doktor nimaga xamma bemorlar Men Messiman deyishyapti?
— Ular gapiraverishadi, ularga ishonmang! Xakikiy Messi menman dermish.
Shifoxonada:
— Jag`ingiz qanday sindi?
— Ishda jarohat oldim.
— Uch joyidan sinibdi-ya o`ziyam. Nima ish qilasiz?
— Ekskavatorchiman. Kecha ishdan qaytayotsam, yo`ldagi kanalizatsiya qopqog`iochilib yotgan ekan. Birortasi tushib ketmasin deb, ekskavator cho`michini tuynukka qo`yib, uyga kirib ketdim. Ertalabkelib cho`michni ko`tarsam, kanalizatsiyadan uchta santexnik chiqib kelishdi...
Vrach bemorga:
— Sizni operatsiya qilishdimi?
— Ha.
— Xo`sh qalay?
— Uch yuz ming!
— Meni tushunmadingiz. Sizda o`zi nima edi?
— O`zi yuz ming pulim bor edi.
— Aniqrog`i, nimaga shikoyatingiz bor?
— Kasalxona to`lovi juda-yam qimmat...
— Bilasanmi do`stim, donolik ham bir kasallikekan.
— Tashvishlanma, sen soppa-sog`san!
— Allo, bu pojarniymi? Tez yetib keling, bu yerda janjal bo`lyapti!
— Nega bizga qilyapsiz, militsiyaga xabar bering!
— Militsiyalar bilan doktorlar urishishyapti! Kimga xabar berish kerak, axir?!
Jinnilar jinnixonada o`zlaricha to`y qilayapti.Bittasi qo`shiq aytayapti, bittasi chelakni chalyapti, bittasi supurgini gitara qilib olsa, bir jinni burchakda orqa tomonga qarab olib"Tiiiirrrr, tirtirtir" - deb tursa. Vrach kelib:
— Sen nima qilayapsan, burchakda tirillab to`yga qatnashmiysanmi, - desa.Haligi jinni vrachga qarab:
— Svet yo`q-ku, men dvijokman, - dermish.
Bir ayol shifokor ko`rigida:
— Doktor, tosh oynaga qarab o`zimni ko`rsam ko`nglim aynayapti. Bu nimadan ekan-a?
— Demak, ko`zingiz juda yaxshi ko`radi.
— Doktor men operatsiyadan juda qo`rqaman
— Qo`rqmang bemor bu nasib qilsa 23—operatsiyam, hech bo`lmasa shunisi muvafaqiyatli chiqar...
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, dugonajon, doktor kecha menga xushxabar aytdi — men homilador ekanman!
— Tabriklayman! Sen endi bo`lajak farzandingga ism topish bilan ovorasanmi?
— Yo`q, hozircha... Otasining ismi ustida bosh qotiryapman!
90 ga kirgan otaxon, vrachni oldiga borib:
— Men farzandlik bo`ldim, - desa
Vrach:
— Yo`g`e, bo`lishi mumkin emas
Otaxon:
— Nega bo`lishi mumkin emas?
— Men ancha tetikman...
Vrach:
— Mayli, men unda sizga bir voqeani aytib beraman. Bir kuni ovchi ovga chiqibdi, ovchi miltiqni olaman deb adashib o`zi bilan soyabonni olib olibdi. O`rmonda ketayotganida yo`lidan bir katta ayiq chiqib qolibdi. Ovchi shoshilib qo`lidagi miltiqni bir bosgan ekan, soyabon ochilib ketibdi va ayiq o`libdi!, — desa
Otaxon:— Yo`g`e, uni boshqa birov otib qo`ygan bo`lsa kerak!, — desa
Vrach:
— Ha, men ham shuni tushuntirmoqchi bo`lyapmanda sizga, - dermish.
Doktor:
— Men sizga hozir dori yozib beraman. Bir kunda 5 mahal ovqatdan keyin ichasiz.
Bemor:
— Doktor, men buncha ovqatni qayerdan topaman?
Xotin eriga:
— Sizga tekkanimda ko`zim ko`r, qulog`im kar bo`lgan ekan..
Er:
— Ana ko`rdingmi qanday kasalliklardan ozod qildim seni..
Shifoxonalarda "Salomatligingiz o`z qo`lingizda" - degan yozuv turadi. Manimchayaqin orada uni "Salomatligingiz o`z cho`ntagingizda" - deb o`zgartirib qo`yishsa ajabmas.
Tabibdan bemor so`radi:
— O`zi bu giyoh dorilarni foydasi bormi?
Tabib:
— Ha, albatta mana katta o`g`limga mashina,kenja o`g`limga uy olib berdim...
Shifoxonada majlis bo`lmoqda. Pulmonolog(o`pka shifokori) o`rtaga chiqib:
— Mening maoshimni 2 barobar ko`tarishingiz kerak. Chunki insonda o`pka ikkita bo`ladi.
— Qabul qilamiz, joyingizga boring.Shundan so`ng quloq, ko`z, buyrak shifokorlari ham shuni talab qilishibdi. Hammalariningtalablari qondirildi. Keyin bir shifokor o`rtaga chiqdi. Rahbarlar so`radi:
— Siz kimsiz?
— Stomatologman.
— O`tiring joyingizga!
Qiz onasi bilan doktorga boribdi. Doktor qizga:
— Yechining, tekshiramiz, - desa
Qiz:
— Men emas, oyim kasal, - desa
Doktor:
— Qani opajon og`zingizni ochib: "A-A-A" - dengchi dermish.