Dunyoni kaftimda tutaman debman.
Har neda bemalol yutaman debman.
Mardlikda har kimdan ötaman debman.
Birovga bir ishim tushgunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.
Toğdagi toshlarni talqon qilardim.
Boğlarga gullarni òzim ilardim.
Kulub turganini döst deb bilardim.
Boshimga bir yumush tushgunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.