«Yor-yor»lardan namunalar keltiramiz:
Hay-hay о’lап, jon о ‘lan, baxting bo ‘lsin yor-yor,
Payg’amharning qizidek taxting bo’lsin yor-yor,
Payg’amharning qizini kim ko’rgan bor yor-yor,
Ota-ona uyiga kim to ‘ygan bor yor-yor.
Zargar qilgan zanjirni uzib bo ‘lmas yor-yor,
Xudo qilgan taqdirni buzib bo ‘lmas yor-yor,
Hay-hay о ‘lan, jon о ‘lan, mis panjara yor-yor,
Har jafoga ko’nadi qiz bechora, yor-yor.
Yig’lama qiz, yig’lama, to’y saniki yor-yor,
Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor,
Hay-hay o’lan, jon o’lan atoyi qiz, yor-yor,
Upa-epik kerakmas, chiroyli qiz, yor-yor.
SHERLAR.NET