Saxar ,
Yorishmoqda tong
Karnay ,
Urayapti bong
Naxor ,
Suzilmoqda osh
Kelin ,
Bo'lar qalam qosh
To'ying ,
Xa seni to'ying ...
O'nta ,
Undan ham ko'proq
Keldi ,
Moshinlar oppoq
Kuyov ,
Turipti mag'rur
Ko'zlar ,
Namlandi qurg'ur
To'ying ,
Xa seni to'ying ...
Libos ,
Oq rangli libos
Orzu ,
Niyattinga mos
Yig'lab ,
Otangni quchding
So'ngra ,
Ketting va uchding
To'ying ,
Xa seni to'ying ...
Qoldim ,
Yo'lga termulib
Yondim ,
Tiriklay o'lib
Ko'zi ,
Charos va xumor
Senga ,
Aytilar yor - yor
To'ying ,
Xa seni to'ying ...
Kechka ,
Dastirxon to'kin
Bugun ,
Tun emas sokin
Kuylar ,
Olamni buzar
Baxtdan ,
Kimlardir suzar
To'ying ,
Xa seni to'ying ...
Qadax ,
Ikki yosh uchun
Tilak ,
Aytadi ochun
Bazim ,
Oxirlamoqda
Yurak ,
Chaqin chaqmoqda
To'ying ,
Xa seni to'ying ...
Parda ,
Tutilgan to'shak
Uruf ,
Qilinar beshak
Saxar ,
Yorishmoqda tong
Xo'roz ,
Urayapti bong
Tamom ,
Bu seni to'ying !!!....
SHERLAR.NET