Uning to‘rt yasharli qizi bor edi,
Yana homilador, sevindi ayol.
Ultratovushda attang qiz dedi.
Olib ketdi uni bema’ni hayol.
Tushkunlikka tushib, kirib keldi u
Eriga iymanib, yana qiz dedi.
Eri loy qo‘l bilan quchoqladi-yu
Nega xafasan deb daldalar berdi.
O’g‘ilmi, qizmi u, Alloh ne’mati,
Ne’matiga hech ham bo‘lma noshukr
Qismatni albat bo‘lar xikmati,
Farzand yashashinga bag‘ishlar xuzur.
Vaqt soati yetdi, keldi o‘sha kun,
Ayol birozgina qiynoqlar ko‘rdi.
Jarroxlik yo‘li bilan tuqqani uchun,
Ancha vaqt bechora, bexush xam bo‘ldi.
Bir mahal zulmatda ko‘rdi o‘zini,
Jarni yoqasida turganmush qo‘rqib,
Eri xam ko‘rindi, ko‘rdi qizini,
Lekin borolmasdi yoniga o‘tib.
Qizchasi talpindi onasi tomon,
"Onajon” degancha qo‘lidan tutdi.
Shu ovoz saqladi jonini omon,
Arosat yo‘ldanam u ayol o‘tdi.
Ko‘zini ochganda eri yonida,
Ko‘zlarin yoshlab yig‘lab turardi
Yaxshi ko‘rib ketdi shunday holida
Avvaldan mehrini yaxshi bilardi.
Yana bir xushxabar, tuqqan farzandi.
Qiz emas, paxlavon o‘g‘il bo‘libdi.
Hozir bu xolatning yo‘q edi farqi,
Shukr derdi lekin, baxt xam kulibdi.
O’ylardi baxtliman, judayam hozir.
Chunki meni jondan suyganlarim bor.
Alloh har qandayin qudratga qodir
Shundayin yashashga roziman takror.
Chunki har qandayin qolgan xolatda,
Erini daldasi beroldi qanot.
Asta shivirladi: "Erim bu baxtda
Uning muhabbati xamisha najot”
SHERLAR.NET