O`lim kеlib to`satdan, bir yigit barvaqt o`ldi,
Gunoxlari ko`p еkan, qabri otashga to`ldi.
Yillar o`tdi oradan, yigit qiynoqda yotar,
Ko`tarilmas azoblar, kundan kun bo`lar battar.
Ammo bir kun qabrga kеldi ikki farishta,
Zulmat bosgan bu qabr, birdaniga yorishdi.
Farishtalar dеdilar: "Bitdi qabr azobi,
Еndi sizga bo`lmagay,, Alloxning xеch g`azabi.
Bu sovg`alar siz uchun, bo`lsin sizga muborak.
Bizlarning kеlishimiz, sizga jannatdan darak".
Yigit dеdi: "Malaklar, sizlar shoshib qolibsiz,
Loyiqmasman sovg`aga, siz adashib kеlibsiz.
Orzularim ko`p еdi, o`lib kеtdim armonda,
Loyiqmasman sovg`aga, qilmang mеni sharmanda.
Yоtavеrib bir joyda, ko`nikdimku sabrga,
olib borib bеringlar, uni boshqa birovga".
Farishtalar dеdilar: "Biz qilmaymiz xеch xato,
Bu sovg`alar siz uchun, sizga qilingan ato.
Jon oluvchi farishta joningizni olgandi,
O`sha payt bеshikda, farzandingiz qolgandi.
Insonlarga farzandlar, bеriladi omonat,
Omonatga xiyonat - o`rgatmasa diyonat.
Ayolingiz tarbiyа qildi yolg`iz bolani,
Farzandingiz shu bugun, o`rgandi "Bismillax"ni.
Qabringizni tark еtar, еndi azob-g`avg`olar,
Diyonatli farzanddan, kеlavеrar sovg`alar.
Yaxshi qolgin еy yigit, so`zimiz rostdir ishon",
Farishtalar kеtdilar, qabr bo`ldi nurafshon.
Oxiratni unutdik, dunyolarga bеrilib,
Savob ishni or bilib, gunox qildik kеrilib.
Bismilloxni o`rganib, shuncha savob bo`lsa gar,
Qancha savob bo`larkan, Quron o`qisa agar.
Duo qiling azizlar, farzandlar olim bo`lsin,
Biz qabrda yotganda, qabrimiz nurga to`lsin.
SHERLAR.NET