Misofir yurtlarda yurgan do'stlarim,
Sizlarga Ollohdan omad so'radim,
Sizlarga Ollohdan sog'lik tiladim,
Gohida sizlarga havas qilaman,
Gohida sizlarni o'ylab yig'ladim...
Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim,
O'zinggizni asrang yaqinlar uchun.
Kuttirmang sog'inib kutgan ko'zlarin,
Bajarib otalik, onalik burchin,
O'ylaysiz har kuni oila tinchin.
Misofir yurtlarda yurgan do'stlarim,
Yashash oson emas buni bilaman,
Sizlarni o'ylab man ko'ksim tilaman,
Vatan degan so'zni yurakka joylab,
Vatan degan so'zga jonim beraman.
Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim,
Olovning ustida turgan do'stlarim,
Jonini xatarga qo'ygan do'stlarim,
Goh suygan goh kuygan, to'ygan do'stlarim,
Narigi dunyoni ko'rmagan faqat,
Bir boshi, ming azob ko'rgan do'stlarim.
Yashaysiz xotira ichida yig'lab,
Ahad Qayum yozdi sizlarni o'ylab,
Biz sizga sher yozib qo'shiqlar kuylab,
Har oqshom xayolni o'tmishga bog'lab,
Har oqshom Vatanni sog'inib yig'lab,
Bobolar qabrini boringgiz yo'qlab,
Go'yo qilko'prikda turgan do'stlarim,
Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim!
SHERLAR.NET