Вверх
Вторник, 08-Октября-2024, 18:15
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR

“Otamning ruhi ikki marta asrab qoldi”

“Mashinaning old oynasini sindirib, uchib chiqib, erga urildim”

Bu voqeani menga sanatoriyada davolanayotganimda xonadosh ayol gapirib bergandi.

Tibbiyot xodimi bo`lganim uchunmi, qayta tirilish, ruhning tanadan tanaga ko`chib yurishi kabi voqealarga ishonmasdim. Bu narsalarni odamlarning o`zi o`ylab topgan cho`pchak deb hisoblardim. Ammo boshimga tushgan falokat barcha tasavvurlarimning oyog`ini osmondan qildi. Turmush qurganimizdan keyin bu dunyoda erim ikkalamizdan baxtli odam yo`q edi. Bizning baxtimizga hech kim raxna sololmaydigandek, irodamizni buka olmaydigandek tuyular, muhabbat bizga bitmas tuganmas kuch-qudrat ato etgandi. 14 dekabr, to`yimiz bo`lgan kunni nishonlash uchun erim bilan kafega yo`l oldik. Erim rulga, men esa uning yoniga o`tirdim. Yo`ldagi chorrahalardan birida tezlikda kelayotgan mashina to`g`ri bizning ustimizga uchib kelayotganini ko`rgan erim, tormozni bosishga ulgurmadi va biz katta tezlikda kelayotgan mashinaga urildik. Mashinaning old oynasini sindirib uchib chiqqanim yodimda, erga urildim, ammo og`riqni his qilmadim. Ko`zimni bazo`r ochib, asfaltda yotganimni ko`rdim. Oradan bir necha soniya o`tgach, men tomonga yugurib kelayotgan otamga ko`zim tushdi. Otam bu erda nima qilib yuribdi, deb o`yladim. Shu payt ularning bundan bir necha yillar muqaddam vafot etgani esimga tushdi, u meni qo`limdan tortib qaergadir sudrardi. Avtofalokatga uchragan bo`lsam, nega hech qaerimga hech nima qilmagan deb o`yladim, otamning ortidan ergashib ketar ekanman. Shu payt otamning erimni qutqarish haqidagi gaplari xayolimni to`zg`itib yubordi. Biz otam bilan birga ag`darilib yotgan mashina oldiga yugurib bordik. Birgalikda mashina ichidan behush yotgan erimni tortib oldik, uni oyoqqa turg`izib, mashinadan bir necha metr nariga olib o`tdik.

Otam erim ikkalamizni yo`l chetida qoldirdi.

– Buyog`iga o`zim ketaman, sizlarga mumkin emas, – dedi u bizdan uzoqlashar ekan. Men dod-faryod qilib, ketmasligini, biz bilan qolishini iltimos qilib, yig`lashga tushdim. Ammo u menga quloq solmay, yo`lida davom etdi...

Ko`zimni ochganimda kasalxonada yotardim. Ko`rganlarimning hammasini tush deb o`yladim. Biror soatlardan keyin erim qo`shni palatada yotganligini, avtofalokatdan keyin mashina portlab ketganini, erim ikkalamizni mashinadan uzoqda, yo`l chetidan topishganini bilib oldim. Ammo eng dahshatli voqeani keyin eshitdim. Men homilador bo`lgan ekanman, homilam nobud bo`libdi. Tuxumdonlarimdan birida paydo bo`lgan o`simta yorilib ketganligi sababli, shifokorlar meni omon saqlash maqsadida tuxumdonlardan birini va bachadon naychasini olib tashlashibdi. Endi ona bo`lolmasam kerak deb, o`lib ketmaganim uchun achchiq ko`z yosh to`kdim.

Kasalxonadan chiqqanimizdan keyin erim ham, men ham kamgap, odamovi bo`lib qolgandik. Endi uyimizda avvalgi kulgi ovozlari yangramasdi. Bunday ahvolda yashash menga og`irlik qildi. Erimga ajrashishni, farzand ko`rish uchun boshqa ayolga uylanishni aytdim. Men uchun yashashdan ma`no qolmagandi. Ammo erim meni eshitishni ham istamadi, u ham tushkunlikka tushib qolganidan hali tug`ilmay nobud bo`lgan go`dagimiz ortidan ketishni taklif qildi. Ertasi kuni mashinaga o`tirib, go`yoki shahar aylanayotgan odam bo`lib, mashinani urish uchun qulay bo`lgan beton ustunlarni izlay boshladik. Shunday joyni topib, uyga qaytdik. Dasturxon tuzab, so`nggi bora ovqatlandik, chiroyli kiyimlarimizni kiyib, tunda yo`lga tushdik. Suiqasd uyushtirishni mo`ljallagan joyimizga etishimizga bir necha metr qolganda, orqadan kuchli yorug`lik tushdi. Erim qo`rqib ketganidan, tormozni bosib, orqaga o`girildi. Men ham ortimga o`girilib, otamni ko`rdim. U bizga vaziyatdan chiqish uchun tanlagan yo`limiz noto`g`riligini tushuntira boshladi. Agar bizga biror kor-hol bo`ladigan bo`lsa, onalarimiz bu dardni ko`tara olmasligini, ular ham bizning ortimizdan ketib qolishi mumkinligini aytib, uyga qaytishimizni buyurdi. Atrof yanada yorug`lashib ketgandan ko`zimizni mahkam yumib oldik, ochganimizda erim ikkimizdan boshqa hech kim yo`q edi. Qo`rqqanimizdan yana qancha vaqt mashinada o`tirganimizni bilmadik, tong yorishay deganda uyga qaytdik. Bu voqeadan keyin erim bilan bola asrab olishga, topgan-tutganimizni etimxonalarga xayriya qilishga qaror qildik…

Shundan keyin etimxonadan qiz chaqaloq boqib oldik. Hayotimiz iziga tusha boshladi. Kunlardan bir kun ko`nglim aynib, o`zimni behol his qildim. Erim meni kasalxonaga olib bordi. Tekshiruvlardan keyin ikki oylik homilam borligini eshitib, boshimiz ko`kka etdi. Vrachlar buni haqiqiy mo``jiza deb atashdi. 14 dekabr, to`yimiz bo`lgan kuni o`g`ilchali bo`ldik. Ilk bora unga nazar tashlaganimda, uning ko`zlarida otamni ko`rdim...

Lola Shoimova

SHERLAR.NET
Категория: OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR | Добавил: admin (16-Марта-2017)
Просмотров: 5303 | Теги: ota ona haqida hikoyalar, qiziqarli voqealar, ibrat, otalar haqida tasirli xodisalar, ertaklar, manoli hikoyalar, xulosa, hikoyalar, ajoyib hikoyalar | Рейтинг: 5.0/48

“Otamning ruhi ikki marta asrab qoldi” haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada “Otamning ruhi ikki marta asrab qoldi” haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda “Otamning ruhi ikki marta asrab qoldi” dan tashqari yana OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Вторник 08-Октября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz