Вверх
Четверг, 18-Апреля-2024, 10:08
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR

Pasportlar tayyor (Detektiv qissa)

Martsiya o‘rnidan turib esnadi-da, sigaretni shisha kuldonning tubiga bosib o‘chirdi.

— Vaqt ham allamahal bo‘lib qoldi. Uyga qaytishim kerak. Sening yoningdan sira ketgim kelmaydi.

— Bugun erim qartaxonada poker o‘ynaydi deganding-ku.

— Uyga telefon qilishi mumkin. Ba’zan u hash-pash deguncha bir dasta pul yutqazadi-yu xunob bo‘lib uyga erta qaytadi, — juvon xo‘rsinib o‘ynashiga tikildi. — Mehmonxonalarda yashirincha uchrashib yurish jonimga tegdi.

— Yaqinda bu muammoni hal qilamiz.

— Qanday qilib?

Bryus Farr Martsiyaning jingalak sochini siladi-da qutidan sigaret olib tutatdi.

— Keyingi oyda men ishlaydigan firmada mol-mulkni ro‘yxatga olish boshlanadi. Firmamiz katta bo‘lsayam seyflardan chorak million dollar turadigan qimmatbaho buyumlarni o‘marganim darrov bilinadi.

— Shuncha narsa o‘marganmisan?

Bryus ayyorona jilmaydi.

— Oz-ozdan o‘g‘irlardim. Yaqinda hisoblasam chorak millionlik narsani o‘zlashtiribman. Shu paytgacha hech kim sezgani yo‘q. Ammo ro‘yxatga olish boshlansa sirim fosh bo‘ladi. Hamma buyumlarni allaqachon sotib yuborganman. Ishonsang yuz ming dollardan ortiq pul tushdi.

— Yuz ming dollar… — hayratdan Martsiyaning lablari qiyshayib ketdi.

— Yuz mingdan ko‘proq, — dedi Bryus mamnun jilmayib. — Har bir buyumni nominal narxining yarmiga pulladim. Lekin endi bu boylikni uzoq vaqt yashirolmaymiz. Xorijga ketmasak qo‘lga tushishimiz aniq, Martsiya.

— Tushunarli… lekin men qo‘rqaman…

— Hech narsadan qo‘rqma. Amerikadan bir amallab chiqib olsak marra bizniki. Dunyoda uch-to‘rt ming dollarga fuqaroligini beradigan davlatlar ko‘p, o‘sha yoqlarda yallo qilib yashaymiz. Politsiya bizning izimizniyam topolmaydi.

Bu gaplar Martsiyani tinchlantirmagach, Bryus uni bag‘riga bosib ovutmoqchi bo‘ldi. Ayol avval teskari o‘girildi-da keyin uning ko‘ziga tik qaradi.

— Men politsiyadan qo‘rqayotganim yo‘q.

— Unda nmadan qo‘rqayapsan?

— Erim Reydan, — dedi Martsiya nigohini olib qochib. — U bizni dunyoning narigi chekkasidan bo‘lsayam topib oladi. Patagoniya yoki Kambodja fuqarosi bo‘lamizmi — unga baribir. Chunki u bizni Amerikaga qaytarish uchun hukumatga yalinmaydi. U… — hayajonlanganidan ayolning nafasi qaytib ketdi. — U ikkovimizniyam o‘ldiradi.

— Qo‘ysangchi jonginam. Ering bizlarni topolmaydi! Axir…

— Sen uni bilmaysan, — dedi Martsiya bosh chayqab.

— Bilmaganim ham yaxshi.

— Sen erimning qanaqa odamligini bilmaysan. Men esa bilaman. Rey meni shaxsiy mulki deb hisoblaydi, ketishimga yo‘l qo‘ymaydi. Uning tanishlari orasida hech nimadan qo‘rqmaydigan ashaddiy jinoyatchilar bor… — Martsiya alamdan labini tishlab bir on jimib qoldi. — Agar Reyning qanchalar yovuz odam ekanini bilmaganimda u bilan allaqachon ajrashgan bo‘lardim… U ikkimizni xorijdayam tinch qo‘ymaydi. Avval meni, keyin seni o‘ldiradi…

— Men bunga yo‘l qo‘ymayman, — Bryus sevgilisini quchib, ovuta boshladi. — Seni o‘zim himoya qilaman.

— Sen uni to‘xtatolmaysan. Rey hech narsadan tap tortmaydi.

— Ikkimiz eringni o‘ldirsak-chi, Martsiya?

Rey ularning kelgusi hayotiga tahdid solayotgan ekan, uni o‘ldirishdan boshqa iloj yo‘qligini tushungan Bryus Martsiyani ham shunga ko‘ndira boshladi. Ikkovlari Amerikadan ketmoqchi ekanlar, hamma muammolarni shu yerda hal qilib ketish kerak.

— Uchrashayotganimizdan beri nuqul eringdan noliysan. Senga shuncha yil azob bergan bu gazandani yo‘qotish vaqti keldi, azizam.

Uzoq qistovlardan keyin nihoyat Martsiya Bryusning taklifini o‘ylab ko‘rishga rozi bo‘ldi.

— Sen bu ishga aralashmaysan, azizam. Eringni menga qo‘yib ber.

Martsiya bosh irg‘ab o‘rnidan turdi.

— Shu paytgacha biror marta qotillik haqida o‘ylamagandim, — dedi u. — Hammasi shunaqa boshlanarkanda-a? Bizga o‘xshagan ikkita bechora muammoni hal qilishning boshqa yo‘lini topolmasa oxiri odam o‘ldirishga majbur bo‘larkanda?

— Biz bechora emasmiz, Martsiya. Bu ish aslida sen o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas. Bari izga tushib ketadi hali.

— Men taklifingni yana bir o‘ylab ko‘ray, — dedi ayol. — O’ylab ko‘rishim kerak.

Ikki kundan keyin Martsiya Bryusga qo‘ng‘iroq qildi.

— Kecha Rey Parijga ikkita aviachipta olibdi. O’n kundan keyin u meni olib Frantsiyaga sayohatga ketmoqchi. Pasportlar ham tayyor, ularni o‘tgan yili almashtirganmiz. U bilan sayohatga chiqishimni o‘ylasam ko‘z oldim qorong‘u bo‘lib ketayapti…

— Taklifimni o‘ylab ko‘rdingmi?

— Ha, lekin telefonda gapirolmayman. Bugun kechga yaqin uchrashaylik.

— Qaerda, soat nechada?

Martsiya uchrashuv joyi va vaqtini aytdi. Keyin trubkani qo‘yib qo‘llariga qaradi. Qo‘llari sira titramayotgandi. “Qiziq”, o‘yladi u. “Bir odamning umriga zomin bo‘lishga taraddudlanayapmanu, hadikdan asar ham yo‘q. Inson taqdirini hal qilish shunchalik oson deb o‘ylamagandim”.

O’sha kuni kechga yaqin Bryus Martsiyani Rendolf-avenyudagi mayxonada kutib oldi.

— Bu yerda gaplashaolmaymiz, — dedi u sevgilisining qo‘lidan ushlab. — Birga yurganimizni hech kim ko‘rmasligi kerak. Mashinam ko‘chaning narigi tomonida. Shahar bo‘ylab aylanamiz.

Kleyborn-drayvdan o‘tgach, ular sharqqa burilishdi. Martsiya sigaretini yoqdi va Bryus undan qanday qarorga kelganini so‘radi.

— Sen aytgan gapni esdan chiqarmoqchi bo‘lib yuruvdim, — dedi Martsiya xo‘rsinib. — Lekin kecha kechqurun Rey Yevropaga ketamiz, deb qoldi. Frantsiyada u bilan uch hafta yashashga bardoshim yetmaydi. Erimning gapidan keyin sening mudhish taklifing yodimga tushdi… Uni o‘ldiramiz deganding.

— Ha, shunday degandim, — Bryus mashinani yo‘lning chetiga chiqarib, tormozni bosdi.

Ayol tamaki tutunini ichga tortdi.

— Men roziman. Erimni o‘ldirishdan boshqa ilojimiz qolmadi. Xorijga ketsak ham uni o‘ylab emin-erkin yasholmayman. U baribir ortimizdan boradi.

Bryus sevgilisiga mehr bilan boqib, uning qo‘lini mahkam siqdi.

— Balki men vahimachidirman, — dedi Martsiya o‘zi bilan o‘zi gaplashayotgandek. — Reydan ham, politsiyadan ham qo‘rqaman. Lekin xorijda erimdan qochgandan ko‘ra, politsiyadan qochgan yaxshiroq.

— Xo‘sh, eringni qanday o‘ldiramiz?

Martsiya ikkinchi sigaretni yoqdi.

— Kecha kechqurun miyamga g‘alati fikr keldi. Ham erimdan qutulish, ham har qanday shubha-gumonlardan xalos bo‘lish yo‘lini topdim. Adashmasam Rey ikkovinglarning bo‘y-bastinglar deyarli teng. Sening bo‘ying olti futu bir dyuym, shundaymi?

— Taxminan shunday.

— Ana ko‘rdingmi. Sen undan yoshsan, kelishgansan. Lekin bo‘yu vazninglar bir xil. Shuni o‘ylab… e, bari xomxayol!

— Davom et.

— Bunaqa qotillik usulini televizorda ko‘rganman. Xullas, bitta xat yozasan. Xatingda snni vijdon azobi qiynayotganini, tunlari uxlolmayotganingni, firmangdan qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, allaqachon ularni pullaganingni yozasan. Pullarni qimorda yutqazdim, endi ularni qaytarish imkoni yo‘q, o‘z jonimga qasd qilishdan boshqa choram qolmadi, deysan.

— Maqsadingni tushungandayman.

Martsiya nigohini chetiga burdi.

— Axmoqona reja, to‘g‘rimi?

— Hech ham-da. Sen tulkiday ayyor ekansan, azizam. Demak, biz Reyni o‘ldiramiz-da, politsiyaga uning o‘ligini mening jasadimday qilib ko‘rsatamiz, shundaymi?

Martsiya bosh irg‘adi.

— Shunday qilsak politsiya ortimizdan tushmaydi. Erimni tunda tinchitamiz. Sen boyagi xatni yozib, uyingda qoldirasanda, yarim kechasi bizlarnikiga kelasan. Eshikni o‘zim ochaman. Reyni uxlayotganida boshiga yostiq bosib o‘ldiramiz. Keyin jasadini mashinangga tiqamizu…

— Mashinani jarga itaramiz, — dedi Bryus quvonchdan ko‘zlari chaqnab. — Aqlingga balli! Zo‘r reja tuzibsan!

— Yo‘g‘-e?

— Politsiya mening o‘zimni o‘ldirmoqchiligim haqidagi xatimni o‘qiydi, keyin jardan, portlagan mashinaning ichidan kuygan jasadni topadi. Xullas, Bryus o‘z joniga qasd qilgan, degan xulosaga kelishadi. Qoyilman, jonginam.

Ayol jilmaydi.

— Firmadagi hamkasblaring ham qaytib seni bezovta qilmaydi, to‘g‘rimi?

— Xatda hamma pulni qimorda yutqazdim deb yozaman. Murdadan kim ham haqini talab qilardi… Ering g‘oyib bo‘lgach politsiya keyinroq uni qidirishi mumkin. Shunda uning sen bilan birga Yevropaga sayohatga ketgani ma’lum bo‘ladi. Aslida esa uning o‘rniga men ketaman. Ering bilan ko‘rinishimiz o‘xshash. Hech kim shubhalanmaydi. Pasportlar allaqachon tayyor, Parijdagi mehmonxonaga buyurtma berilgan. Ikkalamiz sayohat dasturida yozilgan hamma shaharlarni mazza qilib aylanamiz. Keyin esa uzoqroqqa qochib ketamiz. Politsiya izimizni ham topolmaydi. Parijga necha kundan keyin jo‘namoqchisizlar?

— Keyingi hafta juma kuni, — dedi Martsiya ma’yus tortib. — Tongda Nyu-Yorkka uchamiz. Ertasi kuni Parijga qarab yo‘l olamiz.

— Yaxshi. Bo‘lmasa. Keyingi hafta payshanba kuni tunda uyingga boraman. Ering uyquga ketgach pastga tushib eshikni ochasan. Reyni o‘ldirgach birga aeroportga jo‘naymiz. Men o‘sha kuni haligi xatni yozib qoldirib lash-lushlarimni olvolaman.

— Pullarnichi?

— Ularniyam olaman. Sen ham jomadonlaringni taxtlab, tayyor bo‘lib tur, — shunday deb Bryus Martsiyani quchdi. — Sening aqllli ayol ekaningni bilardimu, lekin bunchalik donosan, deb o‘ylamovdim.

— Shu ishni eplay olarmikanmiz?

— Xavotirlanma, albatta eplaymiz.

Kunlar juda sekin o‘tardi. Hech kimda shubha uyg‘otmaslik uchun ular payshanbagacha uchrashmaslikka qaror qilishdi.

Martsiya unchalik xavotirlanmayotgan bo‘lsa-da, ko‘ngli notinch edi.

Chorshanba kuni Bryus qo‘ng‘iroq qilib ertaga kechga yaqin xatni yozib, pullarni mashinaga joylab shaylanib turishini, Martsiya eri uxlagach unga darrov sim qoqishi kerakligini tayinladi.

— Borganimda eshikni ochsang bo‘ldi, — dedi Bryus. — Qolganini menga qo‘yib ber.

So‘nggi kun bir oydek uzoq cho‘zildi. Martsiya Bryusga tongga yaqin, soat to‘rtdan yigirmata o‘tganda qo‘ng‘iroq qildi. Xushtori darrov trubkani ko‘tardi.

— Niyatingdan qaytdingmi deb xavotirlana boshlagandim, — dedi u.

— Erim kech uxladi. Lekin hozir xurrak otayapti.

— Besh daqiqada yetib boraman.

Bryusning mashinasi uyning yoniga kelib to‘xtagach, Martsiya eshikni ochdi. Xushtori oyoq uchida ichkariga kirdi.

— Xatni aytganingdek qilib yozib qoldirdim. Narsalarim mashinada.

— Pulchi?

— Pul ham yukxonadagi jomadonda.

— Juda soz. Ikkimiz birga ancha yayradik, jonginam.

Martsiyaning so‘nggi gapini Bryus eshitolmay qoldi. Chunki kimdir orqa tomondan boshiga cho‘yan quvur bilan tushirdi. U ingrashga ham majoli yetmay gursillab quladi.

— Hushidan ketdi, — dedi Rey Donaxyu quvurni chetga qo‘yib. — Bir zarb bilan tinchitdim. Tashqariga qarachi hech kim mo‘ralamayaptimikan. Bizga guvohlarning keragi yo‘q.

Martsiya eshikni ochib tashqariga chiqdi. Hamma yoq jimjit. U tungi salqin havodan ko‘ksi to‘lib, miriqib nafas oldi.

— O’ynashingni mashinasini orqa tomonga bur, — dedi Rey xotiniga. — Shoshmay tur, cho‘ntagidan mashinaning kalitini olib beray.— U polda yotgan Bryusning cho‘ntagidan bir shoda kalitni chiqarib Martsiyaga uzatdi.

Ayol mashinani uyning orqa eshigiga yaqin joyda to‘xtatgach, Rey Bryusni ko‘tarib olib chiqib mashinaga tiqdi-da, o‘zi rulga o‘tirdi.

— Sen bizning mashinamizni haydab ortimdan borasan, — dedi u Martsiyaga. — Men 32-yo‘l bo‘ylab shimolga burilaman. Taxminan bir-bir yarim mildan keyin yo‘l jarlik labidan o‘tadi. Uni o‘sha yerda mashinasi bilan ag‘daramiz.

— Mashina yonib ketgach jasad Bryusniki ekanligini politsiya aniqlay olmasachi?

— Xavotirlanma. Hozir tishlarning rentgen surati orqali har qanday odamning shaxsini aniqlash mumkin. Xushtoring buni bilmagani yaxshi bo‘ldi.

— Boyoqish juda go‘l odam edi.

— U haqida o‘tgan zamonda gapirishga hali erta, — dedi Rey jilmayib. — Bryus hali tirik.

Martsiya erining ortidan mashinasini haydab jarning yoqasida tormozni bosdi. Rey Bryusning mashinasidan chiqib yukxonadan pul solingan jomadonni oldi-da, gumon uyg‘otadigan biror buyum qolmadimikan, deb chalajon oshiqning cho‘ntagini titkiladi. Keyin uni rulga o‘tqazib oyog‘ini gaz tepkisiga qo‘ydi.

— Alvido, Bryus, — dedi Martsiya behush sevgilisining qulog‘iga shivirlab. — Qanchalik zerikarli xushtor bo‘lganingni bilsang edi.

Rey jarga qarab itargach mashina yog‘och to‘siqni buzib o‘tib havoda bir soniya muallaq qotdi-da gumburlab pastga quladi va yonib ketdi.

Er-xotin pul solingan jomadonni olib o‘zlarining mashinasiga o‘tirishdi va uyga qaytishdi.

— Laqma sevgilingdan ham qutuldik, — dedi Rey miyig‘ida kulib. — Nyu-Yorkka uchishimizga hali ikki soat bor. U yog‘i Parij!

— Parij! — Ko‘ngli shodlikka to‘lib entikdi Martsiya. — Bu safar Parijda mazza qilib yashashga bemalol pulimiz yetadi.

U shunday deb qo‘llariga qaradi. Qo‘llari sira titramayotgandi. “Qanday dovyurak ayolman-a” o‘yladi u va yuziga mayin tabassum yugurdi.

Rus tilidan A.Otaboev tarjimasi

Manba:tafsilot.uz

SHERLAR.NET
Категория: DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR | Добавил: admin (31-Января-2017)
Просмотров: 3603 | Теги: qissa, dfetektiv qissalar to'plami, detektiv qissalar, qiziqarli detektiv voqealar, asarlar, detektiv hikoyalar, detektiv, yangi hikoyalar, hikoyalar | Рейтинг: 5.0/18

Pasportlar tayyor (Detektiv qissa) haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Pasportlar tayyor (Detektiv qissa) haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Pasportlar tayyor (Detektiv qissa) dan tashqari yana DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 18-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz