Вверх
Суббота, 20-Апреля-2024, 15:08
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT

Aqlli bola

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir er-xotin bor ekan. Ularning bitta-yu bitta o‘g‘illari bor ekan.
Bir kuni xotin og‘ir kasal bo‘lib, o‘lib qolibdi. Ota-bola juda qiynalib qolishibdi. Oxiri bolaning otasi uylanibdi. 
Olgan xotini juda yomon ekan, o‘gay o‘g‘lini o‘tirsa — o‘poq, tursa — so‘poq deb chiqishtirmas ekan. Uni doim otasiga yomonlarkan. Nihoyat u, «bolangni yo‘qotsang, keyin turmush qilaman», deb turib olibdi. Bolaning otasi nima qilishini bilmay, o‘g‘lini bir do‘stinikiga olib borib:
— O‘g‘lim shu yerda yashab tursin, men yordam berib, xabar olib turaman, — debdi. Keyin er-xotin yashayverishibdi.
Bir kuni ular mehmonga bormoqchi bo‘lishibdi. Qarasalar, tugunni ko‘taradigan biror kimsa yo‘q. Shunda xotin eriga:
— Hozir bola bo‘lganida edi, tugunimizni olib borishardi. Endi qanday ko‘tarib ketamiz, — debdi. Bola esa otasini sog‘inib ko‘rgani kelgan ekan, uyning orqasida turib bu gaplarni eshitibdi va:
— Men ko‘tarishib olib boraman, — debdi. Xotin hayron bo‘lib:
— Mehmonga ham hyech sensiz bormas ekanmiz-da, hyech tinchitmas ekansan-da, — deb urishib beribdi.
Bechora bola esa:
— Siz hozirgina bola bo‘lganida, tugunni olib borardi, dedingiz-ku. Men bo‘lmaganimda o‘zingiz qiynalib qolar edingiz-ku! — debdi.
Oxiri qo‘liga tugunni berib, bolani ham mehmonga olib ketishibdi. Mehmondan kelishsa ham, lekin bolani hyech uyidan ketgisi kelmabdi. Xotin qancha zo‘rlasa ham, hyech ketgani unamabdi, uyda qolibdi. O‘gay ona esa har kuni eriga «bolangni yo‘qot» deb janjal qilaveribdi. U noiloj o‘g‘lini bir boyga, umrbod xizmatkorlikka beribdi. Er-xotin yana yolg‘iz o‘zlari qolishibdi.
Kunlardan bir kun xotin kasal bo‘lib qolibdi. Eri esa ish bilan chiqib ketgan ekan. Xotinning boshi og‘rib, unga bir piyola choy damlab beradigan odam bo‘lmabdi. Shunda «qani endi, hozir bola kelib qolganida boshimni bosib qo‘yardi, bekorga haydab yuboribman-da», deb o‘ylab yotaveribdi. Bola esa uyini, otasini sog‘inib, har kuni bir martadan kelib, hovlining atrofida aylanib ketar ekan.
Bola bu gal kelganida ham yashirinib turgan ekan, o‘gay onasining inqillab yotganini eshitib qolibdi. Uyga kirib qarasa, o‘gay onasi kasal yotganmish. Bola «salom» berib, darrov ish qilishga tushib ketibdi. Chovgumda choy qo‘yibdi, uy yumushlarini qilibdi, yon atrofni tozalabdi. Keyin o‘gay onasining boshini uqalab o‘tiribdi. Shu payt otasi kelib qolibdi. U o‘g‘lini ko‘rib quvonib ketibdi. Xotiniga qarab:
— Ko‘rdingmi, bola bizga doim kerak bo‘ladi. Uni sen doim boshingga ish tushganda, eslab qolasan, boshqa payt esa «yo‘qoting» deyishga tushasan. Bo‘ldi, endi bundan keyin o‘g‘lim hyech qaerga ketmaydi, shu yerda bizlar bilan birga yashaydi, — debdi.
Kasal holida ham o‘gay ona yana e’tiroz bildirib:
— Yo‘q, bu yerda yashamaydi. Har kuni kunduzi kelib, uy yumushlarini qilib kechqurun qaytib ketsin, — debdi.
Ammo bolaning hyech o‘z uyidan ketgisi kelmas ekan. U yana yalinib-yolvorib shu yerda qolibdi, O‘gay ona butunlay sog‘ayib ketgach, yana «bolani yo‘qot» deb hadeb janjal qilaveribdi. Bolaning otasi hyech unamabdi. Bola bir kuni otasi bilan o‘gay onasining kechasi urishishayotganini eshitib qolibdi. O‘gay onasi:
— Bugun kechasi o‘g‘lingizni ariqqa oqizib yuborasiz. Uxlab yotganida ko‘tarib, suvga tashlab yuborsangiz, oqib ketadi, — deyayotganini bola eshitib qolibdi.
Yarim kechada bola o‘rnidan turib qarasa, otasi ham, o‘gay onasi ham qattiq uyquda. U o‘gay onasini sekin ko‘tarib olib, o‘zining yotadigan o‘rniga yotqizibdi. Ustini esa ko‘rpa bilan o‘rab tashlabdi. O‘zi esa o‘gay onasining joyiga yotib olibdi va o‘zi ham ustini ko‘rpa bilan yopib olibdi.
Otasi kechasi turib, «Endi qanday qilib o‘z o‘g‘limni suvga oqizib yuboraman? Agar uyqusirab suvdan chiqa olmasa oqib ketadimi?!» deb o‘ylab rosa kuyinibdi. U bitta-yu bitta o‘g‘lidan ajralishni hyech istamabdi. Lekin bajarmaslikka esa xotinidan qo‘rqibdi. Oxiri ko‘zini chirt yumib, o‘g‘li yotgan joyga boribdi-da, uni ko‘rpa-no‘rpasi bilan ko‘tarib kelib, suvga oqizib yuboribdi.
U o‘g‘lini suvga oqizib yuborganiga achinib, o‘zini-o‘zi so‘kib, rosa yig‘lab o‘tiribdi. Keyin kelib o‘z o‘rniga yotibdi.
Ertalab turib qarasa, o‘g‘li uy ishlarini qilib yurgan emnsh. Shunda bola bo‘lgan voqyeani otasiga aytib beribdi. Ota-bola o‘gay onadan qutulganlariga quvonib, bundan keyin o‘zlari baxtiyor yashayverishibdi.

SHERLAR.NET
Категория: BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT | Добавил: admin (31-Января-2017)
Просмотров: 3587 | Теги: ertak bolalar uchun, bolalar uchun ertaklar, yangi ertaklar arxiv ertaklar, chaqaloqlar uchun ertaklar, qiziqarli ertaklar, o'zbek halq ertaklari | Рейтинг: 5.0/35

Aqlli bola haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Aqlli bola haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Aqlli bola dan tashqari yana BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 20-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz