Вверх
Суббота, 07-Декабря-2024, 17:37
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI

​Bexosiyat uy (Hikoya)

Hozir izlayotgan odamlaringiz bu uyda bor-yo`g`i sakkiz yil yashashdi

Shahodat juda sinchkov. Buning ustiga, o`ta qiziquvchan. Bir narsa ko`ziga ajabtovur ko`rindimi, tamom, shuni miridan-sirigacha o`rganmasdan qo`ymaydi. Mana, necha oydirki, uy izlyapti. Viloyat markazida olti yildan buyon sotilmay turgan hovlining oldidan o`tib ketadi-yu, uning eshigiga osilgan e`londagi raqamlarni qayta-qayta teradi. Ammo doim “Bu raqam bilan vaqtincha ulanolmaymaysiz” degan shirinsuxan xonimning ovozini eshitadi.

Hovlining shundoq oldida daraxtlar bor. Tashqi tomondan qaraganda tuppa-tuzuk uy. Darvozalari ham mustahkam. Mana shunday uyi bo`lishini ijarada yashab o`tirgan qaysi kishi istamaydi, axir. Oxiri Shahodat shu hovliga yondosh uy egalari bilan bir surishtiruv o`tkazishga qaror qildi.

— Voy, bu hovli sotuvga qo`yilganiga olti yil bo`ldiyov, — eshikni darrov ochgan ayol Shahodatning «Uy egalarini qanday topsam bo`ladi» degan savolidan hayajonlanib so`zga tushdi.

— Nega hech sotilmayapti?

— Voy, siz shu erlikmasmisiz? —ayolning ko`zlari katta-katta bo`lib ketdi.

Shahodat dabdurustdan shu erlikmasmisiz degan so`roqdan hayron qoldi.

— Yo`q, yaqinda ko`chib keldik. Asli Kogonlikmiz.

— Tushunarli, — bosh chayqadi ayol. — Unda kiring, bir piyola choy ustida gaplashamiz, mehmon, — deya Shahodatni uyi tomon boshladi.

— Men yigirma yil oldin shu mahallaga kelin bo`lib tushganman. O`shanda ham bu uyda biror zog` yashamasdi. Uy ham xarobadan farq qilmasdi. Bugun sizning ko`zingizni o`ynatayotgan daraxtlarning birortasi yo`q edi. Qaynonam saharda turib darvoza oldini supurishga chiqqanimda qattiq tayinlagani hamon yodimda.

— Sohibaxon, o`zingiz yolg`iz chiqmang. O`g`lim yoningizda tursin. Keyin ikki qulog`ingizga zirakdek ilib oling, aslo mana bu xarobo uy tomon o`tmang.

Men hayron qolganman. Tabiiyki, turmush o`rtog`imdan qaynonam nega bunday shart qo`yganini so`raganman.

Bilasizmi, siz xaridor bo`layotgan hovli bexosiyat. U erga kim ko`chib kelsa, bir baloga yo`liqqan bo`larkan. Men kelin bo`lib kelgunimcha, uch oila yashagan, birining o`g`li oddiy ari chaqqanidan o`lgan, bir gal uy yonib ketgan, bir egasining esa oyoq-qo`li shol bo`lib qolgan, — ayol gap orasida yoqasiga tuflab qo`yishni unutmadi. — Hozir izlayotgan odamlaringiz esa o`n besh yilcha avval ko`chib kelishdi. Hamma “Bu uyning fayzi yo`q, boshingga musibat tushadi” desa ham, arzon-garov olishdimi, nima balo, hech kimga quloq osishmadi. Rosa daraxtlar ekishdi, ta`mirlashdi, bir yil deganda epaqaga keltirishgandi, besh yashar o`g`illarini shundoq ko`chada mashina urib ketsa bo`ladimi... Xudo qayg`urdiki, bola omon qoldi. “Biz sizni ogohlantirgandik” deya qo`ni-qo`shni aytsa ham, “Peshanada borini ko`ramiz”, deb sakkiz yil shu erda yashashdi.

Shahodat qo`rquvdan titray boshladi. Hamsuhbati aytgan har bir voqea ko`z o`ngidan o`tib, uni larzaga solardi. Axir yuragi toshmas, uch bolaning onasi u ham.

— Keyin-chi... — dedi u ovozi titrab. — Nahot avtohalokatdan omon qolgan bola dunyodan ko`z yumgan bo`lsa?

— Yo`q, Mirsodiq akani poytaxtga ishga chaqirishdi, shu bilan ko`chib ketishdi. Ammo uy ko`rib turganingizdek sotilgani yo`q. Kim ham oladi, deysiz?

Shahodat mezbonga rahmat degancha, katta sariq rangli qog`ozga yozilgan e`lon tomonga qaramasdan tez-tez yurib ketdi.

Uynnig bexosiyatligini bildi-yu, sirini anglolmadi. Xuddi boshqalardek.

Urush yillarida xuddi shu hovli o`rnida raisning uyi bo`lgani, u butun qishloq ocharchilikdan qiynalgan bir paytda xalqning nonini o`g`irlab bolalariga edirgani kasofati nevarasiga urganini qishloqning bugungi odamlari bilmaydi. Ikkinchi egasi zino yo`llariga yurgani haqida ham oldingilar bilishardi. Uchinchisi esa shifokor bo`la turib, bemorlarning cho`ntagiga qarab, operasiyalar o`tkazgan edi. Shu hovlini obod qilishga uringan Mirsodiq aka esa bir odamning iltimosini katta pora evaziga bitkazib bermoqchi bo`ladi. Shu kuni belgilangan uchrashuv payti esa o`g`li avtohalokatga uchrab, bu niyatidan qaytadi...

Ha, odamlar bexosiyat deya uyni ayblashadi, uning devorlari adashgan kishilarning gunohiga guvohligi haqida esa o`ylab ham ko`rishmaydi.

MUXLISA

SHERLAR.NET
Категория: ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI | Добавил: admin (14-Февраля-2017)
Просмотров: 8868 | Теги: tasirli hikoyalar, eng ajoyib hikoya, yangi voqealar, ibratli voqealar, bexosiyat uy, hikoyalar, super xikoyalar, sherlar.net | Рейтинг: 5.0/87

​Bexosiyat uy (Hikoya) haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada ​Bexosiyat uy (Hikoya) haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda ​Bexosiyat uy (Hikoya) dan tashqari yana ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 07-Декабря-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz