Tushunmasang tushunmadim degin, tushuntirganlarida tushunishga harakat qilgin.
* * *
Jonivorlarga mehribon bo‘lolmagan odam, qanday qilib odamlarga mehribon bo‘lsin!
* * *
Bir joyda kuchsiz bo‘lib, boshqa joyda kuchli bo‘lishning iloji yo‘q. Bekorga sandiroqlama.
* * *
Bir joyni behuda tark etmoq boshqa joyga behuda tashrif buyurmoqdir.
* * *
Odamlar yumshoq aytilgan gaplarga quloq soladilar va amal qiladilar. Qamchi yeb ishlashga o‘rgangan hayvonning itoatkorligida xo‘jayinga nisbatan mehr bor deb o‘ylaysizmi?
* * *
Nimagadir bog‘lanib qolsang, mustaqil bo‘lolmaysan.
* * *
Shijoat ko‘rsatib ishlashdan tortinsang, o‘rtamiyona odam bo‘lib qolasan.
* * *
U na er va na yor bo‘la oldi.
* * *
Ota-ona hayotdan ko‘z yumgach, avvalo, uy hayvonlariga qiyin bo‘ladi.
* * *
Martabaga mehnatsiz erishib bo‘lmaydi.
* * *
Tayyoriga talashmoq hayvonga xosdir, yo‘qni bunyod etmoq insonga!
* * *
Urush — o‘zaro hurmat batamom tugagan joyda boshlanadi.
* * *
Tan olishni o‘rganmaguningcha erkak bo‘lolmaysan.
* * *
Aks ta’sirga tayyorgarliging bo‘lmasa, ta’sir ko‘rsatib o‘tirma.
* * *
Gap tashib yurgan odam, avvalo, o‘zini sotib yurgan odamdir.
* * *
Ertaga yarim qog‘oz buyruq bilan mosuvo bo‘ladigan martabang, uning bugun ham mavjud emasligidan dalolat beradi.
* * *
Yegan sari ochlikni, yemagan sari to‘qliqni his etdim.
* * *
Bu dunyoning ishlariga hech bo‘lmaganda qush parvozi balandligidan qaray olmas ekansan, baxtiyor bo‘lmoqlikdan umidingni uz.
* * *
Narsangning qadrini uni yo‘qotmasdan bilolmaysan.
* * *
Bolalar mashmashasiga aralashib, katta bolakay bo‘lib qolmagin.
SHERLAR.NET