Sinov berar har qadamda insonlarga Goh g'oliblik nasib etar yomonlarga Yurak to'lib ketaverar armonlarga Yana qancha sinovlaring bor xayot
Har inson bir kuni makon toparkan Chorasiz qolganlar imkon toparkan Yigit sevgisiga yitaolmasa Vaqt o'tib o'zga bir inson toparkan
Izlaganda bahtini Topolmagan insonlar Yillab sevib sevgisiga Yitolmagan insonlar Sochlariga oq tushgan Tugamagan nuqsonlar Dardlarini ichida Saqlab yurgan insonlar
O'lmayman o'lsam ham tanam ko'milar O'lsam gar yoshiga onam cho'milar Otamni aldanglar o'g'ling tirik deb Tag'in ketmasinda dilin alam yeb
Rost gapirib yig'lating mayli Yolg'on bilan chalg'itmang , bo'ldi O'z - o'ziga yetadi dardi Yuragimni og'ritmang , bo'ldi
Siring sotsa agar do'stlaring, Manzilidan adashsa yo'ling, Xatto boshga yetmasa qo'ling, Dardingni kimga aytasan, Ojizliging bilib qolasan.