Вверх
Понедельник, 07-Октября-2024, 16:04
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 18 » Erni er qilaman desangiz… yoxud turmush o`rtog`ingizni omadli qilish yo`llari
Рекомендуемы
09:05
Erni er qilaman desangiz… yoxud turmush o`rtog`ingizni omadli qilish yo`llari

Har qanday ayol erining toparmon-tutarmon, omadli va baxtli bo`lishini istaydi. Zero, oila, farzandlarning baxti, kelajagi va farovonligi shunga bevosita bog`liq. Agar istak bo`lsa, buni har bir ayol uddalashi mumkin.

Ayol – oilaning qalbi. Erkak har qancha mustaqil bo`lmasin, ruhiy-ma`naviy jihatdan o`z ayoliga muhtoj bo`ladi. Shu sababli bizda yosh qizlarni oilaga tayyorlash, ularning ma`naviy xususiyatlarini tarbiyalashga katta e`tibor qaratilgan. Umuman olganda, insonni o`zgartirish qiyin. Ammo ayol istasa, turmush o`rtog`ini ulkan ishlarga ilhomlantirishi, unga madad va ishonch bag`ishlashi mumkin. Ammo qanday?

  1. Ayol hech qachon eri bilan ochiqdan-ochiq bahslashmasligi, ayniqsa unga «sizga ishonmayman» demasligi kerak. Ko`pchilik erkaklar oilasi uchun tunu kun mehnat qilishga tayyor. Ular ko`p hollarda pul uchun ham emas, ayollari ularni qadrlashi, intilishlarini e`tirof etishi uchun harakat qilishadi. Buni o`zlari tan olmasalar yoki anglamasalar ham, haqiqat shunday. Shuning uchun erkak ayoli va farzandlari ko`z o`ngida noshud, qo`lidan ish kelmaydigan bo`lib qolishni istamaydi. Agar ayoli uni shunday deb o`ylasa va ochiqdan-ochiq bu fikrini aytsa, bu er uchun halokat. Erkakning o`ziga ishonishi ko`p narsani belgilaydi. Ayollar esa erlaridagi ishonchni sobit qilishlari mumkin. Faqat erga ishonish kerak.
  2. Eringizni ortidan yomonlamang. Ishonmasligingiz mumkin, ammo kim ortimizdan yomonlaydi, kim bizni aslida yaxshi ko`radi-yu, kim ikkiyuzlamachilik va tilyog`lamalik qiladi – bularni yurakdan his qilib turamiz. Erkak nima uchun ayoli bilan chiqisha olmasligini o`zi ham tushunmasligi mumkin. Ammo hammasiga g`iybat sabab. Chunki xotini uni onasi yoki dugonasiga yomonlaydi. Er esa buni his etib turadi. Xullas, juftingizni ortidan ham sizlab, maqtab gapiring.
  3. Co`zlarini diqqat bilan tinglang. Turmush o`rtog`ingizga u sizning hayotingizda muhim insonligini anglating. Xatti-harakatlaringiz va hulqingiz bilan buni tasdiqlang. Uning har bir so`zi va qilayotgan ishi e`tiboringizda ekanini bilsin. Bu erkaklarga quvvat va ilhom bag`ishlaydi.
  4. Hurmat bilan tilga oling. Boshqalarga u haqida gapirganda shunchaki «erim» deyish bilan «dadajonisi» deb atash orasida farq bor. Shuningdek, uning o`ziga ham «falonchi aka» yoki «dadasi» degandan ko`ra, ba`zi-ba`zida «begim», «sultonim» yo bo`lmasa «xo`jayin» desangiz, ko`ngli ko`tariladi. Sizdan nima ketdi?! Ayniqsa, bu kelajakda oila va farzandlar farovonligiga foyda keltirsa…
  5. Unutmang, siz turmushga chiqqan erkak — sizning taqdiringiz. Shuning uchun turmush o`rtog`ingizga nisbatan hurmat va mehr-muhabbat tuyg`ularini o`zingizda tarbiyalashingiz kerak. Qiyinchiliklar, turmush tashvishlarini birgalikda engib o`tish asnosida bu tuyg`ular yanada rivojlanib boradi. Faqat tushunib oling, shu erkak sizga Yaratgan tomonidan yuborilgan. Boshqa emas, aynan siz uni nimangiz bilandir jalb etdingiz, o`zingizga rom qildingiz. Demak, uni mahkam ushlang.
  6. Juftingiz g`ashingizni keltirsa, bu tuyg`uni engishga harakat qiling. Agar til uchida eringizga hurmat izhor etsangiz-u, qalban unga yaqin bo`lmasangiz, buni erkaklar his etishadi. Hammasi teskari natija berishi mumkin.
  7. Tasavvurni ishga soling. Ayollarda savqi tabiiy (intuisiya) va tuyg`ular erkaklarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Juftingizni uddaburron, tadbirkor, muvaffaqiyatli inson sifatida tasavvur eting. Ko`rasiz, bu albatta haqiqatga aylanadi. Bordiyu eringizni noshud, qo`lidan ish kelmaydigan, bekorchi, bir umr shu ahvolda qolib ketadigan holatda tasavvur etsangiz, shunday bo`ladi ham. Demak, hammasi o`zingizga bog`liq.
  8. Sabrli bo`ling. Insonning ichki sifatlari uning atrofdagilar bilan munosabatlarini belgilaydi. Hammasidan ham xudbinlik va g`azab yomon. Bir necha daqiqalik g`azabga berilish eng uyg`un munosabatlarni ham rasvo qilishi mumkin.
  9. Norozilikka barham bering. Bu tuyg`uni hatto o`zingiz ham tan olmasligingiz mumkin, ammo u sizni ichdan emiradi. Buni atrofdagilar — farzandlaringiz va turmush o`rtog`ingiz his etishadi. Bolalar «onam meni yaxshi ko`rmas ekan», degan xayolga bora boshlaydi. Turmush o`rtog`ingiz esa sizni «noshukur, zahar» deb o`ylaydi. Bilib qo`ying, buzg`unchi tuyg`uni yashirish emas, u bilan kurashish va engish kerak.

Muvaffaqiyat nima degani?

Oilangizning tinchi va farovonligi sizning bu savolga qanday javob berishingizga ko`p jihatdan bog`liq. Eringizga yordam berishni istashingizning o`zi kifoya emas. Buni to`g`ri amalga oshira bilish ham kerak. Bugungi kunda ko`pchilik muvaffaqiyatni pul, hokimiyat va yana boshqa moddiy ko`rsatkichlar bilan o`lchaydigan bo`lib qolgan. Muvaffaqiyatni bunday tushunish noto`g`ri. Eringiz ishlab topayotgan pulning miqdoridan ham ko`ra, uni qanday yo`l bilan topayotgani va evaziga nimalarni qurbon qilayotgani muhimroq. Balki turmush o`rtog`ingiz ko`p pul topmas, ammo bu uning omadsizligidan dalolat emas. Hech kim nasibadan ortig`iga ega bo`la olmaydi. Bordiyu sizning qistovlaringiz bilan ko`proq pul topishga urinib ketsa, bundan uning boshqa jihatlari — masalan, sog`lig`i yoki oilangizning xotirjamligi zarar ko`rishi mumkin. Dono ayol buni tushunishi kerak.

Qaysidir ma`noda erkak va ayol muvaffaqiyatni turlicha tushunishadi. Bu tabiiy. Risoladagi ayol uchun muvaffaqiyat bu: bo`lajak farzandlari uchun yaxshi ota topish, oila qo`rg`onini barpo etish, uyni shinam va fayzli tutish. Risoladagi erkak uchun esa: yaxshi amal, yaxshi mashina va yaxshi xotin. «Peshana bitta bo`ladi», deyishadi. Balki siz o`zingizni qoniqtirmayotgan er bilan ajrashib, boshqasiga tegish orqali masalani hal etmoqchi bo`larsiz. Ammo birinchi turmushda uchragan muammolar sizni keyin ham tark etmaydi, aksincha, qayta-qayta yo`lingizdan chiqaveradi.

Irodali ayollar

So`nggi paytlarda erkaklarning jamiyatdagi mavqei susayib, oila va ro`zg`or tashvishini ko`proq ayollar o`z zimmalariga olayotgani haqida eshitib turamiz. Hayotda hamma narsa bo`lishi mumkin. har bir oilaning o`z pastu-balandi, iliq-sovug`i bo`ladi. Ammo unutmaslik kerakki, ayol uchun oila va farzandlar manfaati doim birinchi o`rinda turadi. Farzandingiz betob bo`lib tursa, hech qanday karera sizni baxtli qila olmaydi.

Olaylik, ayol jamiyatda, ilmda, ishda o`zini ko`rsatgisi keladi, unda shunga nisbatan qobiliyat va istak bor. Istak kuchli bo`lsa, u albatta amalga oshadi. Hayot buning uchun sabab ham taqdim etadi. Bunday ayollarning erlari betob yoki ishsiz bo`lishi mumkin. Shunda ular ro`zg`or tashvishlarini o`z zimmalariga olishlariga to`g`ri keladi. Yoki ularning erlari g`amxo`rlik va moddiy madadga muhtoj inson, masalan, ijodkor shaxs yoki ilm kishisi bo`ladi mumkin. Xullas, qanday erkakka duch kelish ham ayolning fe`li va energetikasiga bog`liq.

Muvaffaqiyatli erkaklar

Ba`zi ayollar nolib qolishadi: «Erim ishdan bo`shamaydi, oilasi uchun vaqt topolmaydi»… Albatta, buning yaxshi taraflari kam. Ammo turmush o`rtog`ingiz vazir bo`lsa, albatta, uning bolalar bilan shaxmat o`ynab o`tirishga vaqti bo`lmaydi. Erkak kishi uchun ish juda muhim, ammo oilaga ham vaqt ajratish kerak. Chunki insonning asosiy vazifasi ham, maqsadi ham zurriyot qoldirish va ularga mehr berishdir. Bundan muhimroq ish bo`lishi mumkin emas. Ko`pincha ota-onalarining e`tiboridan mahrum o`sgan bolalar tajovuzkor bo`lib qolishadi yoki o`z ota-onalari bilan til topisha olishmaydi. Unutmang, bolalarga mehr kerak!

Shahnoza To`raxo`javea


Категория: FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 2657 | Добавил: admin | Теги: erimni omadli qilmoqchiman, omadli bo'lish sirlari, kerakli malumotlar, erni omadli qilish, ayollarga maslahatlar, foydali maslahatlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Понедельник 07-Октября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz