O`n sakkizga kirmagan kim bor, Bo`g`imgdan gul termagan kim bor. Sen haqingda yozib to`rt satr, Sirdoshiga asta ko`rsatib, Qo`shni qizga bermagan kim bor...
Tug‘ilmoq, yashamoq har bir boshda bor, Kimlarga omad yor, kimlar baxtga zor, Kimningdir gul umri so‘lganda bekor, O’yla, bu umrning savdosin ey do‘st...
Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan, Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan, Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan, Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim, Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim...