Qo‘lning terlashi erkaklarni ko‘p hollarda noqulay holga solib qo‘yadi. Bu kuchli jins vakillari ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi albatta. Doimiy stress, o‘ziga ishonchsizlik, imkoniyatlariga past baho bilan qarash kabi omillar oila boshliqlari bo‘lmish erkaklarning kasbiy muvaffaqiyatga erishishlariga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday odamlar boshqalar bilan qo‘l berib ko‘rishishdan qochishadi.
|
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har kuni tongda oyna oldida soqol olish erkaklar umrining o‘rtacha 180 kunini band etar ekan. Mazkur kunlik yumush ko‘pchilik erkaklar uchun yoqimsiz mashg‘ulot hisoblansa-da, uning foydali tomonlari ham yo‘q emas. Masalan, soqol olish natijasida yuz terisi o‘ziga xos massaj qilinadi. Shuningdek, yuz terisidagi eskirgan, halok bo‘lgan hujayralardan tozalanadi. Bu esa terining sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi.
|
Har bir inson sodani yoshligidanoq eslaydi. Buvilarimiz va onalarimiz uni pishiriqlarga solishgan, idish yuvishda foydalanishgan. Hozirgi kunda tozalovchi vositalar turli xil, shu sabablimi, sodadan juda kamdan-kam odam foydalanadi. Lekin sodaning siz eshitmagan boshqa xususiyatlari ham ko‘pgina.
|
Xonaki gullar uchun banan po`sti eng samarali o`g`it hisoblanadi. Banan po`sti tarkibida ko`plab foydali moddalar bo`lib, ular gullarning tomirini mustahkamlaydi, faol o`sishiga ko`maklashadi va chiroyli gullashiga zamin yaratadi.
|
Mamlakatimizda yashovchilarning ko‘pchiligi banan, ananas, kokos, kivi, avokado, mango kabi mevalarni juda yaxshi biladi. Lekin olis mamlakatlardan eksport qilinmaydigan ba’zi bir boshqa mevalarni hamma ham bilmasligi mumkin. Sizning e’tiboringizga tabiatda uchraydigan ba’zi eng g‘aroyib va o‘zgacha meva, sabzavotlarni havola qilamiz.
|
Har bir ayol o`z turmush o`rtog`ini juda yaxshi bilaman, deb o`ylaydi. Aslida ham shundaymikan?.. Axir har bir insonning u erkak yoki ayol bo`lsin, har birimizning o`zimizga xos, yashirin xislatlarimiz bo`ladi. Agar turmush o`rtog`ingizning ana shunday ochilmagan qirralari haqida bilishni istasangiz, uning qanday uxlashiga bir nazar soling.
|
AQSh Illinoys shtati Vayoming shaharchasi o‘t o‘chiruvchilariga yonayotgan uy haqida xabar kelgan. Ular manzilga yetib borganlarida esa uy deyarli yonib bo‘lgan edi. Alanga o‘chirildi, uy egalari ko‘rinmayotgani fojiadan darak berib turardi, biroq kutilmaganda deraza tomondagi uy qoldiqlari tagidan chaqaloq ovozi eshitilib qoldi.
|
Ideal munosabatlarda biz juftimizga faqat bizdagi yaxshi tomonlarni ko`rish imkonini beramiz, real hayotda esa ular bizlarning “qora” tomonlarimizdan xabardor bo`lishlariga to`g`ri keladi. Biroq ayrim ayollar o`zlarini o`ta mehribon, ayrimlar o`ta ehtirosli yoki muammolarga to`lib toshgan qilib ko`rsatishadi.
|
26 fevral kuni xalqasimon Quyosh tutilishi ro`y beradi, deb xabar berdi“Tvzvezda.ru” nashri.
Oy Quyosh gardishi ustidan o`tsa-da, uni to`liq yopa olmaydi, natijada tabiiy yo`ldoshning yopilmagan qismi yorqin xalqani hosil qiladi.
|
Ayol kishi erkakka tog` deb suyanadi, bog` deb ishonadi. Ayolni sevadigan, uni himoya qiladigan, ro`zg`or yukining og`ir tomonini elkasiga oladigan, bolalarini parvarishlab avaylaydigan va umr yo`ldoshiga faqat sevikli yor emas, o`rni kelganda ota, yaqin do`st sifatida elka tutib beradigan inson har qanday ojizaning orzusi. Umuman, ideal erkak bu. Lekin hayotda hammasi boshqacha bo`ladi. Erkaklar va muammolar masalasini ko`tarishimizga aynan ana shu «boshqacha» vaziyatlar sabab bo`ldi.
|
|