Tunlari uyqum qochib, Yotarman oyga boqib, Eslatar yorni menga, Yulduzlar nurin sochib. Yurardik qorong'u tunda, Osmonga qarab shunda, Baxtiyor edik bizlar lek, Ayrilishdik bir zumda...
Bizlar birga bo'lolmadik Qo'l ushlashib yurolmadik Baxt hisini tuyolmadik Peshonamiz sho'r ekan
Sog'inch alanga oldi, Yurakka ótlar soldi. Tanamning ôzi qoldi, Bilmading!
Borim senga degandim, Jonim senga degandim. Bôlgin yorim degandim, Bilmading!
Ming bir xilda qiynaydi, Har bir kuyda óynaydi. Kunmi,tunmi bilmaydi, Sevgi!
Kuning ótmas tungacha, Tuning otmas tonggacha. Bir kuningchi ming kecha, Sevgi!
Baxtimning ildizi qurib bormoqda, Armonlar kôpincha sherik bôlmoqda. Dôstu dushman kulib tôymoqda, Sensizman!
Bir sôz aytolmayman endi tilimdan, Sevgi nomi ôchgan dilimdan. Yolg'iz ish ham kelmas qôlimdan, Sensizman!
Yulib ketding yuragimni tolasin, Sog'intirib ko'zlaringni qorasin, O'zga uyga ketayapsan sevgilim, Zor yig'latib bir g'aribni bolasin.
"Alvido" bu so'z naqadar azob Nega oshiq yuragi bo'ladi xarob Axir, sevgi emasmidi totli sharob Uning go'zal umri bo'ldiku sarob...
O'zga yorga ketding yor bo'lib. Balki kulib, balkim zor bo'lib. Xijronlardan ming bezor bo'lib. Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.
Ruxsat sôrab bormayman, Ruxsat sórab yurmayman. Chunki kóngil meniki, Seni aslo sevmayman.
Osmonda oy kuladi, Yurak g'amga tôladi. Ahvolim kim biladi, Bilib turib kuladi. Menga alam qiladi, Endi nima bóladi. Kunim shunday òtadi, Dardsiz kunim qolmadi. Dardlar meni tanladi.