Ayriliq sababi rashk bo'lgan. Sog'inchga sabrimni tutganman. Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan. Men seni sog'inmay qo'yganman.
Hop qani ket. Mendan yiroqqa. Meni rad et. Tashla firoqqa...
O'zim bilib-bilmay ko'p gunoh qildim, Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'kka tikilib, Maysalar ustida, gulning tagida... Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, Mening tor ko'nglimga sig'mas bayramlar...
Kunlarni tunlarga ulab kutganim Kechalari intizor yig'lab kutganim Dardlarim shamolga so'ylab kutganim Unutganimda qaytmang endi iltimos Bir vaqtlar tushunmasdim mos emasligim Sevgini ko'zlari ko'r ekan bildim Shahzodam emassiz shuni tushundim...
Men ketarman ko'zlaring yoshlama aslo, Ey go'zal, yuragimda qolding tanho.. Neylay, shafqatni bilmasmish ushbu hayot, Mening sevgimni ko'rolmadi hayot.
Balki o'tdi umr seni sog'inib, izlab, O'tib ketdi umr yurakka yolg'on so'zlab...
Yillar o’tib balki sen nogoh Albomingni ochib ko’rarsan Shunda chiqib ko’ksingdan bir oh Suratimga mayus boqarsan
Balki hech ham yig’lay olmassan Qotib qolsa shunda yuraging Balki sekin kulib qo’yarsan...
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Armonlar xayotga halal bermaydi. Xotirani ortimga tashlab. Yurakdagi so'zim birov bilmaydi.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Unutaman barcha-barchasin. Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab.....