Вверх
Пятница, 29-Марта-2024, 02:43
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 336
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI

Insonning asl baxosi...

Inson odobi bilan go‘zal, deydilar. “Bola aziz, odobi undan aziz”, degan naql ham bor. Ya’ni odamning tashqi ko‘rinishi qanchalar go‘zal bo‘lmasin, u faqat quruq surat, ichki dunyosi, xulq-atvori, qisqasi, ma’naviyati chiroyli bo‘lsagina, bu surat jonlanib, xush qiyofa, istara kasb etishi, ko‘rgan ko‘zni o‘ziga mahliyo qilmog‘i mumkin. Ayniqsa, keyingi eslaganimiz maqolda urg‘u berilgan bola odobi oilaga, jamiyatga xos ko‘pgina belgilar, muhim jihatlarni o‘zida yaqqol ko‘rsatib, xuddi ko‘zgudagidek aniq-tiniq aks ettiradi.

Adibaning xolasi nufuzli tashkilotda ishlaydi, yaqinda nafaqaga chiqadi. Bir kuni oilaviy suhbat jarayonida u jiyanidan so‘rab qoldi:

— Aytgancha, mana, sen ham talabadan mutaxassis xodimga aylanding, kattalar qatorida ishlayapsan. Ishxonangda to‘g‘ri kelib qolganida o‘zingdan kattalarga joy berasanmi yoki indamay, bu mening joyim, deb o‘tiraverasanmi?

Bu savoldan, ochig‘i, Adiba hayron bo‘ldi. Negaki, bu uning nazarida odobning eng birlamchi sharti-qoidalaridan, buni aytib, tayinlab o‘tirishning ham, o‘z ixtiyorimizga qo‘yib berishning ham hojati yo‘q. Katta yoshli odam tik turganida unga, albatta, joy bo‘shatib berish shart, axir! Xola bu javobni eshitib, mamnun qiyofada bosh irg‘adi. Keyin shikoyatomuz gapida davom etdi:

— Bizning qizlar unaqa emas. Yaqinda besh-oltita yangi xodimalar ishga olindi idoramizga. Bir-ikkitasini aytmasa, aksariyati oliy ma’lumotli, yana poytaxtdagi nomi mashhur ilm dargohlarini tugatgan mutaxassislar. Ammo ularning o‘zlarini tutishlarini kuzatib, rosti, hecham havas qilmayman. Bilmadim, odob, muomala tarbiyasida biroz xatolik o‘tganmi?

Xullas, o‘sha hamkasb qizlar yig‘ilish o‘tkaziladigan faollar zalida kursi yetishmay qolayotganidan  yangicha tartib joriy etishibdi, ya’ni har qaysilari o‘zlariga maxsus o‘rin belgilab olib, boshqa yerga o‘tirishmas, birov kelib, ularning joylariga o‘tirishsa, bo‘shatishni talab qilisharkan. O’zlaridan yoshi katta hamkasblariga joy berishni-ku mutlaqo xayollariga ham keltirishmas ekan. Yana yig‘ilish paytida o‘zaro pichir-pichir qilishib, kulishib o‘tirishar, qisqasi, o‘zlarini juda bemalol tutisharkan.

— Ularga qarab turib, hatto tanbeh berging ham kelmaydi, — deydilar ammam, — O’zi keyingi paytlarda yoshlar orasida shunaqa bir “toifa” paydo bo‘layapti, ming qilsayam zamonaviy yoshlar-da bular, bir nima deb bo‘lmaydi…

Bu suhbatni eshitib, o‘ylanib qoldim. Menimcha, bu g‘ayriadab harakatning zamonaviylikka sira daxli yo‘q. Ayrim yoshlarning o‘zlarini bunday noma’qul tutishlarini zamonaviylik emas, balki o‘ta qoloqlik, saviyasizlik deb baholash mumkin. Qolaversa, bu o‘z-o‘ziga hurmatsizlik hamdir. Zero, o‘zini hurmat qiladigan odam atrofdagilarning ham hurmatini joyiga qo‘ya bilishi shart.

Bir yaqin dugonam maktabda dadasi bilan birga ishlardi. Yuqoridagiga o‘xshash mavzuda kechgan suhbat paytida o‘zi bilan bo‘lgan voqeani gapirib bergandi.

— Yangi ish boshlagan kezlarim, — deb hikoya qilgandi u, — bilmadim, o‘zimcha, besh-olti kun bolalarga dars berib, darrov ulg‘ayib qolganday bo‘ldimmi yoki bee’tiborlikmi bu, harholda, ertalab ishga borganimda o‘zimdan keyin xonaga kirgan    boshqa o‘qituvchilar bilan o‘tirgan o‘rnimda qo‘l uzatib ko‘rishibman. Ular-ku, hech narsa deyishmadi, ammo bu holat dadamning nazaridan chetda qolmagan ekan. Hamma dars-darsiga tarqalib, xonada yolg‘iz qolganimizda kutilmaganda jahl bilan koyib berdi. “Agar o‘rningdan turolmaydigan bo‘lib qolgan bo‘lsang ham o‘zingdan kattalar bilan turib ko‘rish! Bular bir mahallar seni o‘qitishgan, shu darajaga yetkazishgan, endi kim bo‘ldingki, ularga o‘tirgan joyingdan qo‘l uzatasan?! Bu harakatingni ikkinchi marta ko‘rmayin!” Tanbeh og‘ir botsa-da, ko‘zlarimga yosh tizdirgan bo‘lsa-da, dadam ming karra haq edi. Shundan keyin odamlar orasida o‘zimni tutishimga e’tibor beradigan, katta-kichiklik odobiga qat’iy rioya qiladigan bo‘ldim. Har gal bosh-qalar bilan o‘rnimdan turib, qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib ko‘rishganimda, ulardan yuqoriga chiqib o‘tirmaslikka harakat qilganimda, dadamga yer tagidan qarab-qarab qo‘yadigan bo‘ldim…

Menimcha, bu yerda ortiqcha izohga hojat bo‘lmasa kerak. Chunki bizning sharqona tarbiyada shunday qoidalar bor. O’zingdan kattalar oldida burchdorsan, senga qaysidir ma’noda mehnati singgan zotlarga esa ikki marta qarzdorliging borki, biri ularga munosib bo‘lish bo‘lsa, ikkinchisi, hurmatini joyiga qo‘yib, ehtirom izhor etishdir. Qolaversa, bu odob qoidalari ortiqcha kuch talab etmaydi, og‘irlik qilmaydi, yelkangga yuk  ortmaydi, faqat ozgina e’tibor    talab qiladi, xolos.

Yana bir kichkina voqea yodimga tushdi. Qo‘shnimizning o‘n ikki yoshlardagi qizchasi o‘z-o‘zidan tajanglashib, sal desa, jahl qilaveradigan, birov ish buyursa, qilishdan bo‘yin tovlab, kattalarga gap qaytaradigan odat chiqaribdi. Qancha tanbeh berishmasin, u sira qaysarligini qo‘ymas ekan. Bir kuni dars tayyorlab o‘tirishganida, u ukasiga narigi xonada qolib ketgan kitobini keltirib berishni buyuribdi. Shunda bola:

— E-e-e, bor-e, nima men senga xizmatkormanmi? Kerak bo‘lsa, o‘zing olib kel! – deb jerkib beribdi. Qizchaga bu qo‘pollik shunday ta’sir qilibdiki, darrov ota-onasining yoniga chiqib, yig‘lab, ukasidan shikoyat qilibdi. Ota-ona ham uni yupatish o‘rniga bunday deyishibdi:

— Ajab bo‘pti, ukang to‘g‘ri qilgan! Axir, o‘zing ham ish aytsa, bajarging kelmay, gap qaytarasan-ku!

Bu achchiq haqiqatni eshitgan qizcha battarroq yig‘lab, xonasiga kirib ketibdi. Onasining kula-kula gapirib berishicha, ertasidan qizcha o‘zgaribdi, odobli, kattalarga gap qaytarmaydigan bo‘libdi. Qizaloq o‘zidan bor-yo‘g‘i bir yoshgina kichik ukasining gap qaytarishidan shunchalik ozorlandimi, endi bizdan yoshi ancha katta odamlarga qilgan noto‘g‘ri muomalamizning ular g‘ururiga, ko‘ngliga ta’sirini o‘zingiz chamalab ko‘ravering. Yana bir tomoni, ham eng yomoni – boshqalarga qilayotgan qo‘pol, beadab xatti-harakatlarimizning javobi o‘zimizga ham qaytishi muqarrar. Sharq faylasuflarining qarashlariga ko‘ra, atrofdagilarning bizga munosabati aslida bizning ularga munosabatimizdan kelib chiqadi. Ya’ni qo‘pol so‘zga undan-da dag‘alroq javob qaytsa, hurmatga nisbatan hurmat ko‘rsatiladi. Buni unutmaslik, xulqu adabning ayrim nozik qoidalariga doimo amal qilish lozim. Zero, insonning asl bahosi shunda…

 
SHERLAR.NET
Категория: ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI | Добавил: admin (15-Января-2017)
Просмотров: 5052 | Теги: pul haqida xikoyalar, insonning asl baxosi, hikoyalar, sherlar.net, boylik pul haqida hikoyalar, yangicha hikoya | Рейтинг: 5.0/16

Insonning asl baxosi... haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Insonning asl baxosi... haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Insonning asl baxosi... dan tashqari yana ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 29-Марта-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz