Вверх
Пятница, 19-Апреля-2024, 01:36
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI

Aybim xomiladorligim...

— Bu hayotning ishlari juda ham qiziq ekan-da, — dedi chuqur «uh» tortgancha bir muxlisamiz.
— Umr shunisi bilan qiziq-da, — dedim uni gapga solish uchun.
— Kimligimni aytmayman-u, bir jiyanimning boshiga tushgan savdolarni aytsam, siz ham dahshatga tushasiz.
2004 yilning yozida jiyanim Navbahorni qo‘shni qishloqlik O’tkir ismli bama’ni bir yigitga turmushga berdik. Ikkalovi ko‘rinishidan ham, xarakter jihatidan ham uzukka ko‘z qo‘ygandek bir-biriga munosib edi. Ochig‘i, ularni ko‘rgan kishi havas qilardi. Ammo, bir kam dunyo deganlaridek, oradan ikki-uch yil o‘tsa hamki, ular farzandli bo‘lishmadi. Akam bilan yangam qizi ro‘zg‘oridan tinib-tinchib ketishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishdi. Toshkentmi, Samarqand demay hamma do‘xtirlarga ko‘rsatishdi. Lekin natija chiqmadi. Er-xotin farzand bo‘lmasa ham tinch-totuv yashashayotgandi. Ammo qaynona o‘g‘lining taqdiriga indamay turolmadi. Jiyanimizni ketishga undadi. Bir kuni akamlarnikiga borsam, jiyanim yig‘lab o‘tirgan ekan.
— Nima bo‘ldi? — dedim.
—Qaynonam «o‘g‘lim bilan ajrash», deydi. Erim bo‘lsa «sendan boshqasi kerakmas» deydi. Nima qilishni bilmay boshim qotdi. Xudoyim shuncha odamga bergan farzandni bizga ham bersa nima qilarkan. Yoki Allohning oldida shunchalik ham gunohimiz ko‘pmi? — deya zorlandi.
Jiyanimni nima deb ovutishni bilmasdim. Akam bilan yangam ham bu gaplardan hayron bo‘lgancha qanday chora ko‘rishni bilmay turishgan ekan. Jahl ustida jiyanimning qaynonasining oldiga bordim.
— Nima maqsadda bordingiz?
— Nima uchun borganimni bilmayman, jiyanimning ko‘z yoshlarini ko‘rib rahmim keldi.
Qaynonasiga:
— Nega ikki yoshni bir-biridan ajratasiz, qo‘ying yashayverishsin. Xudoyimning rahmi kelib, sabr-toqati evaziga farzand berar, — dedim.
Qudamiz avvaliga jahl qilib menga baqirdi. Keyin yig‘lagancha:
— Qushning ham inini buzish oson emas, singlim. Lekin o‘g‘lim bir kam o‘ttiz beshga kirdi. Jiyaningiz bilan oz emas, yetti yil yashadi. Endi o‘zlaridan bilib ajrashisharmikan devdim. Lekin bunday bo‘lmayapti. Men ham o‘g‘limning ota bo‘lishini, el-yurt oldida qaddi tik yurishini xohlayman. Ayrim tengdoshlari o‘g‘limga «Ishqilib o‘zingga ishonasanmi, nega xotiningga buncha yopishib olding?»  deyishganmish. Shunday gaplarni eshitish menga oson emas, — deb ko‘z yosh qildi.
Ayolning o‘rniga o‘zimni qo‘yib, rahmim keldi. Jiyanimga vaziyatni tushuntirdim.
— Yulduzing-yulduziga qo‘shilmagan ekan. Peshonangda borini ko‘rasan, ularni ham qiynama. Eringning oldini och. Hech bo‘lmasa bittang bolali bo‘l, — dedim.
Shu gapim bilan ikkalasi ajrashishdi. Kuyovimizning onasi allaqachon kelin topgan ekanmi yoki ikkalasining yana topishib ketishidan qo‘rqdimi, bir oyga qolmay o‘Qlini yana uylantirdi. Buni eshitib jiyanimning ezilganini ko‘rsangiz edi…
Shundan keyin uch oy o‘tgach kuyovimizning xotini homilador ekanligini eshitdik. Jiyanim battar iztirobga tushdi. Endi uning oti «tug‘mas»ga chiqib bo‘lgandi-da.
Nima qilishni bilmay boshimiz qotib yurgan kezlar edi. Akamnikiga xotini vafot etib, ikki yosh bolasi bilan qolgan erkakdan sovchi keldi. Ularga tug‘maydigan ayol kerak ekan. «o‘zi tug‘masagina o‘zganing yetimiga onasidek mehr bera oladi», dedi sovchi bo‘lib kelgan ayollardan biri. Garchi achchiq bo‘lsa-da, jiyanimizning endi farzandli bo‘lmasligiga hammamiz ishonib bo‘lgandik. Dunyodan yolg‘iz o‘tmasin, deya akam shu sovchilarga rozilik berdi. Ammo…
— Keyin nima bo‘ldi? — dedim ayolning jim qolganiga sabrim chidamay.
— Xudoning marhamatini qarangki, jiyanim homilador bo‘lib qoldi.
— Nahotki?!
— Ammo bu narsa kuyovimizga yoqmadi. Hozir jiyanim besh oylik homilasi bilan yana ota uyiga qaytib kelgan. Uning quvonchiga ham, alamiga ham qanday izoh berishni bilmay boshimiz qotyapti.
— Kuyovingizga bola kerak emasmikan?
— Kerak emasdirki, uch oydan buyon xotinidan xabar olmaydi. Hozir boshimiz qotgan. Kuyovimiz insofga kelib bola bilan onasini o‘z uyiga, bag‘riga olsin deya Xudodan so‘rab o‘tiribmiz. Meni dahshatga solgani, jiyanim bechora oldingi ro‘zg‘oridan befarzandligi tufayli ajrashgan bo‘lsa, bu uyidan homilador bo‘lgani uchun quvildi.
— Kuyunmang, hali hammasi iziga tushib ketadi. Kuyovingiz o‘z zurriyodini olib ketgani albatta keladi. Jiyaningiz ham onalik baxtiga muyassar bo‘lib, xotirjam turmush kechiradi.
—    Ilohim aytganingiz kelsin. Xudodan faqat shuni so‘rayman.

XONZODA suhbatlashdi

 
SHERLAR.NET
Категория: ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI | Добавил: admin (15-Января-2017)
Просмотров: 7544 | Теги: aybim xomiladorligim, real voqealar, sevgi haqida hikoyalar, yangi voqealar, yangi voqealar toplami, 2017, qiziqasrli hikoyalar, hikoyalar toplami | Рейтинг: 5.0/46

Aybim xomiladorligim... haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Aybim xomiladorligim... haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Aybim xomiladorligim... dan tashqari yana ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 19-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz